Marg’iyona qo’zg’oloni

Marg’iyona qo’zg’oloni – Axo- maniylar zulmiga qarshi Marg’iyonada ko’tarilgan ozodlik harakati (mil. AV. 522 y.). Mil. AV. 522 y. 29 sent.da Axo- maniylar davlashipya saroy fitnasi na- tijasida taxtni Doro egallagan. Sal- Tanatning butun hududi bo’ylab xalq qo’zg’olonlari boshlangan. Bulardan eng yirigi Marg’iyonada, Frada boshchiligida bo’lgan. Bu qo’zgolon haqidagi ma’lumot- lar Doroning Bihistun kitobalarisa saqlangan. Unda, jumladan, shunday dey- ilgan: «Shoh Doro so’zlaydi: Mar-gush (Marg’iyona) nomli mamlakat mendan AJ- ralib chiqdi. Marg’iyonalik Frada ism- li kishini ular (qo’zg’olonchilar) rahbar (Sardor) etib tayinladilar. So’ngra men xizmatkorim, Baqtriya satrapi do- darshish oldiga odam yubordim. Unga shunday dedim: bor, meniki bo’lishni istamagan o’sha qo’shinni tormor kel- tir. So’ngra Dodarshish qo’shin b-n bo- rib marg’iyonaliklar b-n jang qildi. Ahuramazdaning irodasi b-n mening qo’shinim dushman qo’shinini butkul tormor etdi. Jang atriyadiya oyining 23kunida (mil. AV. 522 y. 10 dek.) sodir bo’ldi. So’ngra mamlakat meniki bo’ldi». Ma’lumki Bihistun kitobalari 3 tilda: qad. forsiy, elamiy va bobiliy yozuvlarda bitilgan. Bobiliy mat-nda yuqoridagi ma’lumotlardan tashq-ari, qo’zg’olonni bostirishda halok bo’lgan va asir olinganlar soni ko’rsatilgan. Unga ko’ra, qo’zg’olonchilardan 55243 kishi o’ldirilib, 6572 kishi asir olingan. Frada asir olinib, bir yil o’tgach (mil. AV. 521 y. 27 noyab.), katl qilingan. Bu — qo’zg’olonning naqadar ulkan miqyosda bo’lganligidan, qo’zg’olonchilarning qattiq qarshilik ko’rsatganliklaridan darak beradi. Do- darshish qo’shini tomonidan kilingan mazkur qatli omdan so’ng arxeologik ma’lumotlarga ko’ra, Marg’iyonaning obod, dehq-onchilik vohalari kimsasiz bo’lib qolgan, M.q.ning sanasi (mil. AV. 522 y. 10 dek.) O’rta Osiyo xalqlari ta- rixida aniq ko’rsatilgan eng qad. Sana hisoblanadi. Ad.: Vaynberg B. I., Staviskiy B. Ya., Istoriya i kultura Sredney Azii v drev- nosti, M, 1994.