Marjon
Marjon — 1) munchoq va sh.k.ni ipga qator tizib yasaladigan ayollar taqin-chog’i. Munchoqlari turli shak- ldagi bezak toshlar (serdolik, marmar, Feruza, oltin, kumush va b.)dan iborat bo’lib, bir yoki bir necha qatorli qilib bo’yinga taqiladi. Suyak va sopol do- nalaridan yasalgan M.lar O’zbekiston hududida mil. AV. 4—3ming yillikka oid manzilgohlardan topilgan. Jez davrida M.ning turli (och tusli, Mar- Mar, oq, och qizil yoki kulrang toshlar, sopol, bronza va suyaklardan sillis yoki sodda naqshli) xillari tarqalgan. Sa- klanib qolgan devoriy rasmlar (jum- ladan, Bolaliktepa devoriy rasmlari) da M.ning turli tasvirini ko’rish mum- kin. M.ning markaziga, ba’zan chetlari- ga tumorchalar qo’shilgan; 2) zargarliktsa ishlatiladigan bezak tosh; dengiz joni- vorlari qoldiklaridan iborat; uzunchoq (shohmarjon), dumaloq (tanamarjon) va b. shaklli turlaridan ziynat buyumlari (zirak, tillaqosh, tumor va b.)ni bez- ashda foydalaniladi; 3) miskarlikyu. qumg’onning qorniga qalamcha b-n solin- gan dumaloq gul.