MARKAZII NERV SISTEMASI

MARKAZII NERV SISTEMASI -odam va hayvonlar nerv sistemasi- ning asosiy qismi; nerv hujayralari (neyronlar) va ularning o’simtalaridan tarkib topgan. M.n.s. umurtqasiz hayvonlarda o’zaro birikkan nerv tugun- lari (gangliy) sistemasidan, umurtqali hayvonlar va odamda bosh miya va orka miyadan iborat. M.n.s. va periferii, nerv sistemasi funktsional jiqatdan bir butun sistema bo’lib, sezuvchi (Affe- rent) va harakatlantiruvchi (efferent) nerv tolalari orqali barcha a’zolar va to’qimalar b-n bog’langan. M.n.s.ning eng murakkab va maxsus qismi bosh miya katta yarimsharlaridir. M.n.s.ning aso- siy funktsiyasi atrof muhit hamda a’- zolar va to’qimalardagi o’zgarishlar to’g’risidagi axborotni qabul qilish, qayta ishlash, o’tkazish va saklash; orga- nizmning barcha sistemalari faoliyatini boshqarish, ular o’rtasidagi bog’lanishni amalga oshirish orqali organizmning bir butunligini ta’minlashdan ibo- rat. Evolyusiya jaraenida umurtqasiz hayvonlarda 2 xil: tarqoq-tugunli (bo’shliqichlilarda) va ancha murakkab tuzilgan tugunli (halqali chuvalchanglar va bo’g’imoyoqlilarda) M.n.s. shakllangan. Umurtqali hayvonlarning embryonal rivojlanishida M.n.s. dastlab yaxlit nerv nayi ko’rinishida bo’lsa, tuban xor- dalilar (mas, lantsetnik)da nerv nayi ularning butun hayoti davomida saqlanib qoladi. Yuksak xordalilarda embrio- nal rivojlanish davrida nerv nayining oldingi qismi yo’g’onlashib bosh miya bo’limlarini hosil qiladi. Dastlab oldingi, o’rta va rombsimon bo’limlar, keyinroq oldingi miyaning bir kismi — oraliq miya tashkil topadi; rombsi- mon bo’limdan Varoli ko’prigi, miyacha va uzunchoq miya shakllanadi. Sudralib yuruvchilar, qushlar va sut emizuvchilarda oldingi miyaning po’stloq-osti tuzilma- lari (bazal gangliylar, oraliq miya) va bosh miya katta yarimsharlari po’stlog’i rivojlanadi. Sut emizuvchilarda kat- ta yarimsharlar po’stlog’i bosh miyaning eng yirik kismini tashkil etadi. Bosh miya ham orqa miya singari oraliq va harakatlantiruvchi neyronlardan ibo- rat. Sezuvchi neironlar tanasi esa M.n.s. dan tashqarida gangliylarda joylashgan. Filogenez jaraenida oraliq neyronlar- ning mikdoriy nisbati ortadi. Yuksak primatlarda ular barcha neyronlarning 99,95% ini tashkil etadi. M.n.s.da ney- rogliya hujayralari ham bo’ladi. M.n.s. ning funktsiyasi reflekslar orqali amalga oshadi. Barcha psixik ja- rayonlar (o’rganish, eslash, tafakkur, nutq va b.) shartli reflekslar b-n bog’liq. Xar qanday refleksning moddiy asosi- ni refleks yoyi tashkil etadi. Muayyan ta’sirlovchiga iqtisoslashgan reseptor- lar bo’lishi, nerv impulelarini bir yo’nalishda o’tkazish, neironlar o’rtasida sinaptik bog’lanish (q. Sinapslar), ishchi organda funktsional javobning vujudga kelishi reflektor yoyi uchun xos bo’lgan xususiyatlar hisoblanadi. Reflektor yoyining Markaziy qismi ke- ladigan va chiqadigan im-pulelarni nazorat qilish sistemasiga ega. Sut Emi- zuvchilarning M.n.s.da eng sodda ref- lektor yoyi monoseptik ey hisoblanadi. Odatda umurtqali hayvonlar M.n.s.dagi reflektor yoylari miya bo’limlaridan ham tashqariga chiqadigan nerv hujayralarining murakkab tutashuvi- dan iborat. Miya reflektorining o’zaro integrasiyalanishi (muvofiklashuvi) tu- fayli M.n.s. bir butun, izchil sistemada namoyon bo’ladi. Integrativ sistemalar taxm. bir xildagi funktsional element- lardan iborat bo’ladi. Ularning ele- mentlari son jihatdan cheklangan nerv jarayonlari (postsinaptik potentsial- larni kuzatuvchi va tormozlovchi, javob beruvchi potentsiallar) orqali o’zaro bog’langan. Nisbatan sodda tuzilgan in- tegrativ sistemaga misol qilib orqa miya refleksini ko’rsatish mumkin. Ney- Ronal programmali integrativ Sistema ham mavjud. Bu sistema tashki va ichki afferent signallarga javob tariqasida ketma-ket sodir bo’ladigan va o’zaro qat’iy muvofikdashgan reflekslarni ishga soladi. Bu reflekslar tufayli na- fas olish, harakatlanish, yutinish kabi murakkab jarayonlar amalga oshadi. Miya dastasi integrativ sistemasi oldin- gi miyaga o’tadigan ax-borot hamda orqa miya motoneyronlariga chiqadigan sig- nallar oqimi orqali boshqarib turila- Di. Emosional reaktsiyalar asosini ham M.n.s.ning bir qancha integrativ siste- malari tashkil etadi. Miya dastasi ney- ronlarining maxsus guruhi neyromedi- atorlar (monoaminlar, peptidlar, ami- nokislotalar va b.) ishlab chiqaradi. Bu neyromediatorlar aksonlari M.n.s.ning funktsional ixtisoslashgan maxsus qismiga boradi. Neyromediatorlar nerv funktsiyasini faollashtiruvchi yoki tormozlovchi neyromo-dullashtiruvchi sistemalar qatoriga kiradi. Organizm- ning tetikligini saklab, kishi tabiati- ni va tush ko’rishini boshqarib turuvchi noradrenergik sistema; emosional reak- tsiyalar, murakkab harakatlar, tetiklik, huzurhalovatni sezishni boshqaruvchi dofaminergik sistema; termoregulyasiya, sezgi, uyquga ketishni boshqaruvchi se- ratoninergik sistema ham neyromodul- lashtiruvchi sistemaga kiradi. Neyromo- dul va integrativ sistemalarning o’zaro ta’siri tufayli M.n.s.ning murakkab fiziologik jarayonlarni boshqarish im- koniyati oshadi. Nosir Ahmedov.