MARKETING

MARKETING (ingl. “market” – bozor) – marketing kompaniyalari tomonidan tovar ishlab chiqarish va sotishni amalga oshirish uchun oldindan bozor holatini o’rganish maqsadida olib boriladigan tadqiqotlar va tadbirlar yig’indisi. Dastlab marketing nazariyasi bozorni o’rganish bo’yicha uslublar sifatida o’ziga xos amaliy va nazariy masalalarni jonlantirgan. Marketing rivojlanishining asosiy sabablari iste’mol bozorini tovar va xizmatlarga to’yintirishning nisbiy darajada ekanligi iste’molchilar uchun raqobatning kuchayishi, ilmiy asosda ishlab chiqarishning o’sishi. Asosiy shart iste’molchini topish va talabini qondirishdir. Marketingning asosiy vazifasi iste’molchilar iste’mol talablarini ishlab chiqarish jarayonigacha o’rganish. Marketing xizmati bozor to’g’risidagi ma’lumotlarga asoslanadi. Marketing ishlab chiqarish jarayoni xarajatlari kamayishiga, tijorat va iqtisodiyotning samarali bo’lishiga ta’sir etadi. Marketingning turli faoliyat sohalari va o’z strategiyasi, prinsiplari va qoidalari mavjud. Marketing, asosan, ikki vazifa bajaradi: bir tomondan, mavjud va potensial talablarni qondirishga ishlab chiqarishni yo’naltirish, ikkinchi tarafdan talabni tarkib toptirish va rag’batlantirish.