MARKETINGNING O’ZARO ALOQALARI

MARKETINGNING O’ZARO ALOQALARI – l) xizmat ko’rsatish tadbirkorligining tovar hayotiylik davrining har bir bosqichida barcha bozor subyektlari bilan aloqalarni rejalashtirish, tashkil etish va boshqarish jarayonida barcha faoliyat turlari va resurslarni qamrab olishga yo’naltirilgan istiqbolli konsepsiya. Mijoz bilan uzoq muddatli o’zaro munosabatlarga va bitimda ishtirok etuvchi tomonlar maqsadlarini qondirishga yo’naltirilgan konsepsiya; 2) bajarish mas’uliyatini taqsimlash va kengaytirish tamoyillari bo’yicha marketingni tashkil etish usuli.