Marmar kishmish

Marmar kishmish, marmari, erevani — marmar rangli urug’siz may- izbob uzum navi. Vatani — Armaniston. Oq kishmishning vegetativ o’zgarishidan yuzaga kelgan deb hisoblanadi. Sharqiy ekologik geografik navlar guruhiga mansub. Bargi o’rtacha dumaloq, to’q- yashil, 3-5 bo’lak, chetlaridagi tishla- ri arrasimon, keng asosli, tuksiz. Guli ikki jinsli. Uzum boshi yirik (o’rtacha og’irligi 400 g, bo’yi 22, eni 15 sm), shak- li tsilindrsimon, g’ujumlari zich yoki o’rtacha zich, g’ujumi mayda, yumaloq, et- dor, sershira, po’sti o’rtacha qalinlikda, tarkibida qand moddasi 25%, nordonli- gi 4,8 g/l. Vegetasiya davri 145-147 kun. Avg. oxirida to’liq pishadi. Hosilga erta kiradi. Hosildorligi 120-150 ts/ ga. Kul kasalligi va barg o’rovchilarga nisbatan chidamli. O’rta Osiyo hududida ekiladi. Yangiligida eyiladi, mayiz so- linadi (mayiz chiqishi 26%).