Marokanda

Marokanda — Samarqandnnng yunoncha nomi (mil. AV. 4-a. —mil. 4-alar). Aslida Samarqandning qad. nomi Sug’d yozma manbalarida smara- kansa (Smarakansa) bo’lib, uni yunon tarixchilari M. deb yunonchaga ag’darib olganlar. Samarqandning M. nomi 17-a. dan so’ng Evropa tarixchilarining asar- lari orqali kirib kelgan. Arxeologik tadqiqot natijalariga ko’ra, dastlab, mil. AV. 8-7-a.larda M. atrofi mudo- FAA devorlari b-n o’ralgan qal’a-qo’rg’on bo’lgan. Mil. AV. 7-a.dan shahar devoir devg’ishtlardan qayta tiklangan. Uning shim. qismida hukmdor qarorgohi — Arki a’lo joylashgan. Yunon muallif- lari ARRI-an, Strabon va Kursiy Kvint Ruflarning ma’lumotlariga ko’ra, mil. AV. 329 y.da Aleksandr qo’shinlari Hin- dukushdan oshib o’tib uni zabt etib, vay- Ron qilgan. O’sha kezlarda shahar maydo- nining aylanasi 12 km bo’lgan. Aleksandr qo’shinlariga qattiq qarshilik ko’rsatgan Sug’d qahramoni Spita-men otryadining to’satdan paydo bo’lishidan cho’chigan yunonlar shaharda o’z harbiy garnizonini saklash maqsadida shahar qal’a devorini qayta tiklatgan. Strabonning ma’lumot- lariga ko’ra, Spitamen boshchiligidagi qo’zg’olon bostirilgach, Aleksandr yana M.ni vayron qilishni buyurgan. Keyin- chalik shahar atrofidagi mudofaa devo- ri mahalliy hokimlar tomonidan antic davrga xos an’ana asosida qayta tiklan- gan. M. mil. AV. 8-a.dan to mil. 9-a.gacha sug’diycha Smarakansa, so’ng forsiycha Samarqand, 9-a.dan turkiycha semiz-kent nomi b-n manbalarda uchraydi. Keyinroq Samarqand nomi shaharning mutlaq no- miga aylandi. Uning Afrosiyob nomi esa shaharning qad. Qal’ai Hisor — Ko’hna qal’a qismiga nisbatan 17-a.dan boshlab mahalliy aholi tomonidan ishlatila boshlangan. Ad.: Arrian, Poxod Aleksandra, M., 1962; Kvint Kursiy Ruf, Istoriya Alek- Sandra Makedonskogo, M., 1963; Strabon , Geografiya v 17 ti knigax, perevod s GRE- cheskogo Likoshina, M., 1964; «Afrasi- AB», Sbornik, VIP. 1, T., 1969. Ahmadali Asqarov.