Mars, Mirrih
Mars, Mirrih — Quyosh sistemasi- ga kiruvchi 9 ta katta sayyoralardan biri. M.ning Quyoshdan o’rtacha uzokligi 227,94 mln. km, orbitasi Quyoshga nisbatan Mer- kuriy, Venera va er orbitalaridan key- in 4 o’rinda joylashgan. Orbita tekisli- gining ekliptika tekisligiga og’maligi t= 1,85°. M.ning o’rtacha radiusi 3388 km, massasi 6,4-1023 kg, uning Quyosh atrofi- da siderik aylanish davri 686,730 sutka va o’z o’qi atrofida aylanish davri esa 24 soat 37 min. 23 s. Orbitasining ekstsen – trisiteta kattaligi (e = 0,0934) tufay- li Quyoshgacha bo’lgan masofasi 40 mln. km atrofida uzayib va qisqarib turadi. Sayyora ekvatorining o’z orbitasi tekis- ligiga og’maligi (24°48′) bo’lganligi uchun fasl o’zgarish hodisasi kuzatiladi. M. Erdan uzoqligi bo’yicha oy va Venera- dan keyin 3 o’rinda turadi. M.ning erga eng yaqin kelish dav- rlari M.ning ro’para turishi deb ata- ladi. Bunda M. va er Quyosh markazidan o’tadigan bir to’g’ri chiziq yaqinida joy- lashgan bo’ladi. Bu taxm. har 780 sutkada bir marta takrorlanib turadi. M. b-n Er orasidagi masofa eng kichik bo’lgan paytlarini M.ning buyuk ro’para turishi deyiladi. U har 15-17 yilda takrorla- nib turadi. Bunda M. b-n er orasidagi masofa 60 mln. km dan ortmaydi. Bunday vaktlarda M.ni Teles-koplar yordamida kuzatish juda qulay hisoblanadi. Teleskoplarda ko’rinadigan M.ning sathi qizg’ishsariq va qoramtir sohalari «dengizlar», yorug’sohalari «qit’alar» va qutblari yaqinidagi oq dog’lari M.ning qutb «qalpoklari» deb nomlanadi. M. sirtining birinchi xaritala- ri 19-a. o’rtalarida chop etilganligiga qaramay, uning aniq xaritasi «Mars» va Mariner kosmik apparatlari yordamida olingan fotosuratlar asosida tuzilgan. 1877 y.da italyan astronomi Skia- Parelli M. sirtida kuzatgan qoramtir to’g’ri chiziqlar, u o’ylagan «kanallar» bo’lmay, aslida ketma-ket joylashgan mayda qora dog’lar ekanligi aniqlandi. Kosmik apparatlar M.ning sirtida dia- metri 5 km dan kam bo’lgan juda ko’p kra- terlar borligini ham aniqladi. M.ning qugb qal-poqlari ikkita — pastki, yaxla- gan suv (N2O) dan iborat muzliklardan va sirtqi, qalinligi uncha katta bo’lmagan (qishda paydo bo’lib, yozda erib ketadi- gan) karbonat angidridi (SO2) dan ibo- rat qatlamlardan tashkil topgan. M.nyng ichki tuzilishini aks ettiruvchi matema- tik modellarga asosan Sayyora to’rtta: ra- diusi 1700 km li yadrodan, qalinligi 560 km li pastki va qalinligi 1110 km li mantiyadan hamda qalinligi 30 km bo’lgan tashqi qobiq qismlardan iborat. M.da temirga boy jinslar ko’p. M. Atmosfe- rasida karbonat angidridi (SO2) uning asosiy (95%) qismini, og’ir va kimyoviy noaktiv gazlar (N2 — azot, O2 — kislo- rod, so — is gazi, N2O — tindirilgan suv va b.) tashkil etadi. M. atmosferasi- ning harorati Sayyora sirtiga yaqin joy- larda 210 K ga teng. M. atmosferasidagi bulutlar va shamollar harakati hamda tezligi ham yaxshi o’rganilgan. M.da radionurlanish va magnit maydon mav- jud. Uzoq yillar davomida M.ni tele- skoplarda kuzatish va keyingi vaqtlarda qator kosmik apparatlar yordamida unda- gi shart-sharoitlarni tekshirish «M.da hayot bo’lganmi, hozir tirik mavjudot- ning qaysi ko’rinishi bo’lishi mumkin?» — degan savollarga uzil-kesil javob to- pishni yaqinlashtirmoqda. M.ning 2 ta tabiiy yo’ldoshi Fobos va Deymos bor. Ular 1877 y.da kashf etil- gan bo’lib, ekvatorial tekislikda M.dan 9,37 ming km va 23,52 ming km masofada aylanadi, davrlari esa 7 soat 40 min. va 3 soat 21 min. Fobos va Deymos 1971 y. «Mariner-9» kosmik kemasi yordamida suratga olingan. Fobosning o’lchamlari 26x21x18 km, Deymosniki esa 14x12x10 km. Ular juda katta xarsang toshlardir.