Marsel
Marsel — Frantsiyaning Jan.- Sharqiy qismidagi shahar. O’rta dengiz- ning Lion qo’ltig’i sohilida, Rona da- ryosi etagida. Bush-dyu-Ron departamen- tining ma’muriy markazi. Aholisi 807 ming kishi (1999). Kattaligi va ahamiyati jihatidan mamlakatda Parijdan key-in 2-o’rinda. M. — mamlakatning eng yirik porti (yuk ortib-tushirish 90 mln. t dan ziyod). Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. T. y. va avtomobil yo’llari tuguni. Shaxarga mil. AV. 6-a.da yunonlarning Massaliya koloniyasi sifatida asos so- lingan. Mil. AV. 1-a.darimliklar egal- lagan. Mil. AV. 6-a.dan Franklar dav- lati, 11-a.dan Provans grafligi, 1481 y.dan Frantsiya qirolligi tarkibida. M. — mamlakatning muhim sanoat Mar- kazi. Neftni kayta ishlash, neft ki- myosi, kimyo, mashinasozlik (jumladan, kemasozlik, samolyotsozlik) sa-noatlari rivojlangan. Oziq-ovqat, qurilish ma- teriallari i. ch. korxonalari mavjud. M.dan Strasbur va Karlsrue sh.lariga neft quvurlari o’tkazilgan. Metropo- liten qurilgan. Fanlar va san’at akade- miyasi, 2 un-t, konservatoriya, arxeologiya, nafis san’at va b. muzeylar, Akvarium, botanika va hayvonot bog’lari bor. Me’- moriy yodgorliklaridan Rim qal’asi qoldiqlari, Sen-Viktor cherkovi (11 — 15-a.lar), La-major sobori (12-a.), ra- tusha, bazilika (1864) va b. saqlangan. Turizmning yirik markazi.