Mastit
Mastit (Yun. mastos — ko’krak, siy- na) — odam sut bezining yallig’lanishi; kasallik aksariyat tuqqan ayollar va xrmiladorlarda kuzatiladi. Ahyonda chaqaloqlarda, erkaklarda ham uchraydi. M.ga stafilokokklar, streptokokklar, ichak tayoqchasi va b. sabab bo’ladi. Ayol or- ganizmidagi surunkali yallig’lanish ka- salliklarida infektsiya gematogen (qon orqali) yoki limfogen (limfa orqali) yo’l b-n o’tishi ham mumkin. Ko’kraqsa sut turib qolishi (laktostaz), shuning- dek, immunitet pasayishiga olib kela- digan holatlar (tugish), sanitariyagigi- ena qoidalariga amal qilmaslik va h.k. M.ning rivojlanishiga imkon beradi. M.ning o’tkir (seroz, infiltrativ, AB- stsesslashgan, flegmonoz, gangrenoz) va surunkali (infiltrativ) xillari farq qilinadi. Kasallikda sut bezi og’riydi va taranglashadi, zararlangan qism te- risi qattiklashib, qizaradi, bemorning t-rasi ko’tariladi, ba’zan eti uvishadi. M.ning dastlabki belgilari sut bezi so’rg’ichining yorilishi va b.) ko’zga tashla- nishi b-n vrachga ko’rsatilsa, o’z vaqtida oldini olish mumkin. Ayol homiladorlik vaqtidayoq sut bezini chiniqtirishi va bola emizishga tay-yorlashi lozim. M.ning oldini olishda chaqaloqni to’g’ri emizish va sarishtalik qoidalariga rioya qilish muhim. Sut bezida sut turib qolmaslik, bola emganidan keyin sut qolsa, uni sog’ib tashlash kerak. Bemor doridarmonlar b-n davolana- Di. Og’irroq hollarda jarrohlik usuli qo’llanadi. Jamshid Narchaev.