Mastit
Mastit (hayvonlarda) — sigir va echkilar tuqqanidan keyingi davrda sut bezlarining yallig’lanishi. Mexanik (lat eyish va jarohatlanish, mashinada sut sog’ish qoidalarining buzilishi), termik (sovuk, urishi, kuyish) omillar, kimyoviy moddalar ta’sirida, mikro- organizmlar (stafilokokklar va b.), mikoz kasalliklarda, yo’ldosh ushlanib qolganda, hazm organlari, buyrak FA- oliyati buzilganda M. paydo bo’ladi. M. yallig’lanishning xarakteriga ko’ra: seroz, kataral, fibrinoz, yiringli va gemorragik M.larga bo’linadi. Kasal- lik o’tkir, o’rtacha va surunkali kechadi. Bundan tashqari, klinik M. va yashirin M.larga ajratiladi. Seroz yoki kata- ral M.da tana harorati 39-39,5°gacha ko’tariladi, hayvon holsizlanadi, elin shishadi, qattiqlashadi, og’riydi, sut ka- mayadi, ivib qoladi, unga kon va yiring aralashgan bo’ladi. Davolash: rasiondagi shirali ozuqalar kamaytiriladi: issiq, iono- Forez, massaj qilinadi; yallig’lanishga qarshi va yumshatadigan dorilar beri- ladi; bachadon, ichak, yurak, buyrak va b. davolanadi. Kasallangan hayvon suti antibiotiklar b-n davolash davrida va davolashdan so’ng 3-5 kun davomida oziq-ovqat uchun ishlatilmaydi. Oldini olish: hazm qilish organlari kasalliklariga yo’l qo’ymaslik, mashina- da sut sog’ish texnologiyasi kridalariga rioya etish; elin uchlari yorilganda o’z vaqtida davolash, chor-vachilik binolari- da elvizakka yo’l qo’ymaslik. Hoshim Nurmamatov.