Mas’ud Yalavoch

Mas’ud Yalavoch, Mas’udbek (? — 1289) — Turkiston va Movaroun- naxrni mo’g’ullar nomidan idora etgan amaldor (1239-89). Mahmud Yalavochnit o’g’li. Mahmud Torobiy qo’zg’olonidyan so’ng qo’zg’olonchilarga nisbatan etarli darajada qattiqqo’l siyosat yurgizma-gan otasi Xitoyga jo’natilgach, uning o’rniga O’qtoyxon tomonidan tayin- langan M.Ya. yarim asr mobaynida har qanday siyosiy to’ntarishlarga qaramay, Uyg’uristondan Xorazmga qadar bo’lgan O’rta Osiyo hududida yashagan o’troq aholi ishlarini idora qilgan. Munke dav- rida Uyg’uristonni ham boshqargan. Ju-vapniy M.Ya. davrida Buxoroda bu- nyod etilgan binolarni ayniqsa madh etadi. Xususan, Malika Suyurko’ktani beka (Tulixon bevasi) mablag’i hisobiga qurdirgan «Xoniya madrasasi», «mas’- Udiya madrasasi» kabilarni ko’rsatib o’tadi. Bu ikki bino Registonga yaqin erda qad ko’targan bo’lsa kerak, chunki Ju- vayniyning so’zlariga ko’ra, ular Buxoro maydonining ko’rki bo’lishgan. Madrasa- larning har birida 1000 tagacha talaba o’qigan. Malika garchi xristian dinida bo’lsa ham, madrasaga 1000 bolish pul ehson qilgan. «Xoniya madrasasi»ning mudarrisi va mutavalliysi mashhur Su- fiy Sayfiddin Boharziy edi. Ba’zi ma’- lumotlarga ko’ra, Koshg’ardagi madrasani ham M.Ya. qurdirgan. 1251 y. M.Ya. Arg’un b-n Beshbaliqda uchrashgan. 1255 y. kuzida Hulokuni Samarqand atrofidagi konig- shtsxa 40 kun ziyofat qilgan. Keyinchalik Temuriylar davrida Shuxrat qozongan ushbu mavze nomining tarixiy manbalar- da ilk bor uchrashi shu davrga to’g’ri kela- Di. Chig’apgoy ulusita hukmronlik qilish uchun mo’g’ul shahzodalari o’rtasidagi o’zaro kurashlarda taxt da’vogarlari M.Ya.ga suyanishga harakat qilishgan. Mac, 1260 y.larda Chig’atoyning nabira- si Algu M.Ya. to’plagan mablag’xisobi- ga O’trorni Berkaxondyaa tortib olgan. M.Ya. ham otasi boshlagan siyosatni davom ettirib, ulus daromadini xoqon xazi- nasiga avvaldan to’lab, aholidan Barot asosida uni ko’paytirib yig’ib olardi. 1273 y. yanv.da Hulokuiylar Buxoroni bosib, aholisini qirg’-in qiladilar va shaharni 7 kun talontoroj etib, so’ng o’t qo’yadilar. Bosqin paytida shahardagi Mas’udiya madrasasi va katta kutubxona ham yonib ketadi. Faqat 1283 y.da M.Ya. Buxoroni (jumladan, Mas’udiya madra- sasini) tiklash tadbirlarini ko’rgan. 80-y.larda M.Ya. pul islohoti o’tkazgan. U Movarounnah-rning 16 shahar va vilo- yatlarida, jumladan, Samarqand, Buxoro, Taroz, O’tror, Xo’jand va b. shaharlarida bir xil vazn va yuqori qiymatli sof ku- mush tangalar zarb ettirib muomalaga chiqargach, mamlakatda tovar va pul mu- nosabatlari tiklana boshlagan. M.Ya. o’zi asos solgan Mas’udiya madrasasiga dafn qilingan. Ad.: Bartold V.V., Sochineniya, t.1, t.2(1), M., 1963. Faxriddin Hasanov.