Masxarabozlik
Masxarabozlik — o’zbek an’- anaviy teatri. 18-20-a.larda Xorazm va Buxoro an’anaviy teatrlari M.deb, Farg’ona vodiysida «qiziqchilik» (AK- tyori — «qiziq», «qiziqchi») deb atalgan. M. og’zaki dramaturgiya asosida FA-oliyat ko’rsatgan. M. repertuari asosini in- sonni qurshab turgan tabiat va jamiyat hayotidan olingan voqealar va timsol- larni oldindan muayyan kulgili shak- llarda o’ylab qo’yilgan, zarur paytlarda badihago’ylik b-n ijro qilinadigan taklidlar, tanqidiy ko-mediyalar, kul- gili hikoyalar, latifalar tashkil etgan. Ular orasida «tanqid» deb ataluvchi 3-4, ba’zan undan ortiq masxaraboz maxsus liboslarda, yuzlarini bo’yab yoki niqob kiyib ijro etadigan komediya- lar alohida ajralib turgan. Komediya- lar dramaturgiya va te-atrga xos ma’lum fabula, tugun, voqealar rivoji, avj nuqta va echimga ega bo’lib, ijro paytida barqaror savoljavoblar va holatlarni qaytarish b-n birga sharoitga qarab yangi holatlar, kulgili vaziyatlar, savoljavo- blar to’qilgan. Hayotdagi illatlar, kishi- lar xulq-atvoridagi nuqsonlarni hajv qiluvchi satirik tiplar maydonga kel- gan. Sudxo’r, berahm boy; rais, qozi, to’ra, dorug’a, mirobboshi, bozor oqsoqoli kabi amaldorlar; domla, shayxulislom, mudar- ris kabi ulamolar; firibgar, azayimxon, folbin, o’g’rilar; o’z kasbini yaxshi bil- maydigan qassob, sartarosh, polvon, dor- bozlar; maqtan-choq, laqma, dangasalar shular jumlasidan. Masxaraboz tomosha davomida tomoshabinning kayfiyatiga qarab qahramonlar xarakterniy, asar mazmunini o’zgartirishi, so’z va yangi tafsilotlar qo’shishi yoki qisqartirishi mumkin. Obraz yaratishda, voqea va mu- hitni tasvirlashda so’z, musiqa, ashula, pantomima kabi ifoda vositalari o’zaro uyg’unlashib ketadi. Aktyorlar biror so’z ishlatmay ma’noli imo-ishora va tana harakatlari orqali qahramonlarning tashqi qiyofasi, xarakteri va ichki ke- chinmalarini haqqoniy tasvirlay olgan. Aktyorlardagi harakat, mimika, kiyim va Grimlarning bo’rttirib, yirik planda berilishi shartlilikka, mubolag’a, hajv usullaridan keng foydalanishga olib kelgan. Buxoro va Xorazm M. teatrlari umu- miy jihatlari b-n birga farq qilib turuvchi xususiyatlarga ham ega. Buxo- ro an’anaviy teatri shahar va qishloq mas-xarabozligidan iborat bo’lib, qishloqda ko’pincha kichik hajm va mai- shiy mav-zudagi tomoshalar, muqallidlar ko’rsatilgan, shaharda esa aksar katta hajmdagi komediyalar namoyish etil- gan, harakatlar, mimika, savoljavoblar bo’rttirilgan. Buxoro masxarabozlari sharoitga qarab o’z tomoshalarini o’zbek va tojik tilida olib borganlar. Xo- razm masxarabozlarining qariyb barcha tomoshalarida dialog b-n bir qatorda kuy, qo’shiq, raqs, muallaq, pantomime juda katta o’rin egallagan. Buxoro M. teatrida tomoshalar, odatda, hajviy yoki salbiy qahramonning kaltaklanishi b-n tugasa, Xorazmda o’yin b-n yakunlanadi. Xorazmda echki yoki qo’y terisidan yasal- gan, yuzini batamom qoshgovchi yoki faqat ko’zlarni yashirib turuvchi niqoblar, ta- naga kiyiluvchi tulumlar, maxsus bosh kiyimlari keng ishlatilib kelinadi. Bundan tashqari, Xorazmning atoqli masxarabozlari lozim paytlarda qozoq, qoraqalpoq, turkman, hatto Ozarbayjon tillarida tomosha ko’rsatishgan. Tarix- da Otash, Novzalim bobo (Xorazm), za- rif miskar, to’la masxara (Buxoro) degan ko’plab masxarabozlar o’tgan. M.an’analari, vositalari ma’lum darajada yangi shakldagi o’zbek teatri- da o’xtashtirildi. 20-a.ning 80-90-y. larida M.ruhida ishlangan spektakllar malakali teatrning yo’nalishlaridan birini tashkil etgan. Mas, O’zbek mil- liy akademik drama teatrining «kelin- lar qo’zg’oloni» (S.Ahmad), «Chimildiq» (E.Xushvaqtov), A.Hidoyatov nomidagi drama teatrining «Maysaraning ishi» (Hamza), Yusufjon qiziq Shakarjonov nomidagi Farg’ona viloyat teatrining «Toshkentga sayohat» (Hamza), «kampir topaymi, dadajon?»(X.Xursandov), Y.Oxunboboev nomidagi yosh tomosha- binlar teatrining «boz masxaraboz» (O.Salimov stsenariysi), Ogahiy nomi- dagi Xorazm viloyat teatrining «olma pishganda keling» (E.Samandar), «Jobbi jo’jak hiylasi» (K.Avaz) va b. Ad.: Rahmonov M., O’zbek teatri tari- XI, T., 1968; Qodirov M., Masxaraboz va qiziqchilik san’ati, T., 1971; Qodirov M., O’zbek teatri an’analari, T., 1976; Qilichev T., Xorazm xalqteatri, T., 1988. Muhsin Qodirov.