MATEMATIK LINGVISTIKA
MATEMATIK LINGVISTIKA -1) tilshunoslikning tilni tadqiq etish va o’rganishda matematik usullardan foydalanuvchi bo’limi; 2) mat.ning ta- biiy tillar b-n ba’zi bir jihatlardan o’xshash bo’lgan mavhum strukturalar- ni o’rganuvchi bo’limi. M.l. tilshunos- lik bo’limi sifatida tabiiy tillar hodisalarini va ularni tadqiq etish jarayonlarini mavhumiy-semiotik mo- dellashtirish usulidan foydalanadi; matematik fan sifatida esa ana shu mo- dellarning eng umumiy xossalarini tadqiq etadi va ularning tuzilish usul- larini o’rganadi. Har ikkala ma’nodagi M.l. ayni bir tushunchaviy apparatdan foydalanadi, ular orasida shunchalik yaqin bog’liqlik mavjudki, uni ma’lum shartlar b-n yagona semiotik fan sohasi deb hisoblash mumkin. M.l. 20-a.ning 50-y.larida paydo bo’lgan. Uning asosiy tushunchalari — asos qilib olingan belgi-ishoralar (alifbo, lug’at) to’plami va ma’lum alif- bo belgi-ishoralari (so’z shakllar, ibo- ralar to’plami) izchilliklari (zanjirla- ri) to’plami kabi tushunchalardir. Bu aso- siy tushunchalar tilning har bir sathida qo’llanadi. O’z maqsad-vazifasiga ko’ra, M.l. eng avvalo nazariy tilshunoslik vo- sitasi hisoblanadi. Ayni paytda uning usul va yo’llari amaliy lingvistik tadqiqotlarda — matnga avtomatik ish- lov berishda, avtomatik tarjimada, in- son va EHM o’rtasidagi aloqa b-n bog’liq tadqiqotlarda keng qo’llanmoqda.