MATEMATIK STATISTIKA

MATEMATIK STATISTIKA – statistik ma’lumotlarni to’plash, ular- ni tizimga solish, qayta ishlash hamda ulardan ilmiy va amaliy xulosalar chiqarish usullarini o’rganadigan fan. Statistik ma’lumotlar deganda muayyan (mikdoriy) belgilarga ega bo’lgan maj- mualarning elementlari soni haqidagi ma’lumotlar tushuniladi. Biror maj- mua elementlarining mu-ayyan belgilari to’g’risida shu haqdagi statistik ma’lu- motlarga qarab u yoki bu xulosaga kelish usuli statistik usul deyiladi. Bu usul ilm-fanning juda ko’p sohalarida keng qo’llaniladi. Statistik usulning tur- li sohalardagi tatbiqlarining umumiy xislatlari (biror guruhga kiruvchi ele- mentlarni hisoblash, mikdoriy belgi- larning taqsimotlarini topish, tanla- malar usulini qo’llash, biror xulosaga kelish uchun zarur bo’lgan tajribalar so- nini ehtimollar nazariyasidan foydala- nib topish, mikdoriy belgilar orasida- gi bog’lanishlarni anikdash va h. k.), ya’ni urganilayotgan ob’ektlarning tabiati ahamiyatsiz bo’lgan masalalar M. s.ning predmetini tashkil qiladi. Statistik usul ko’p hollarda ommaviy tasnifli hodisalarni o’rganish usuli bo’lgani uchun ehtimollar nazariyasi bu usulning nazariy asosini tashkil qiladi. M. s. Bayoniy statistika, noma’lum paramet- rlarni baholash, statistik gipotezalar- ni tekshirish, mikdoriy belgilarning statistik bog’lanishlarini anikdash va b. bo’limlardan iborat. Ad.: Vander-Vaarden B. L., Matemati- cheskaya statistika, Per. s nem., M., 1960; Romanovskiy V.I., Matematicheskaya sta- tistika, t. 1-2, T., 1961-63; Sirojid- dinov S.H., Mamatov M.M., Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika, T., 1980; Bocharov P.P., Pechinkin A. V., Te- oriya veroyatnostey, Matematicheskaya sta- tistika, M., 1998. Tursun Azlarov.