Materiallarni sinash

Materiallarni sinash – ma- teriallarning texnologik va fizik xos- salarini maxsus asboblar, mashinalar, modellar, mikroskop va stendlar yorda- mida aniqlash. Mexanik, fizik, kimyoviy va strukturaviy (tuzilishijihatdan) sinashturlari mavjud. Mexanik sinash- da materiallar cho’zilishga, siqilishga, buralishga, kesish va qirqishga, char- chashga, mustahkamlikka, zarbaga chidam-lilik va b. xossalarga sinaladi, ya’ni barcha mexanik xossalari aniqlanadi. Fizik sinashda materiallarning elektr o’tkazuvchanligi, issikdik o’tkazuvchanligi,magnit singdiruvchan- ligi va b. fizik xossalari aniqlanadi. Kimyoviy sinashda materiallarning ki- myoviy tarkibi, erish va qotish t-rasi, korroziyabardoshligi (zanglashga chidam- liligi, ya’ni zanglamasligi), reaktsiyaga kirishuvchanligi, payvandlanuvchanligi va b. xossalari aniqlanadi. Struktura- viy sinashda materiallarning makro – va mikrotuzilishlari, kristallik tuzili- shi va b. aniqlanadi. Bunda rentgen nur- laridan ham foydalaniladi. M. s.ning sinash ob’ektini buzib (yoki shikastlab) va buzmay sinash usullari mavjud. Bi- rinchi usulda sinaladigan materiallar shikastlanadi, ba’zan butunlay emiri- ladi, ikkinchi usulda materiallarga shi- kaet etmaydi, ulardan yana foydalanish mumkin. M. s. ishlari nazariy bilimlarga asoslanib o’tkaziladi. Binolar, inshoot- lar, ko’priklar, mashina va mexanizmlar, kosmik kema va raketalar, kiyim-kecha- klar va b. jami narsalar M. s. natijala- riga asoslanib quriladi, yasaladi, tay- yorlanadi va tikiladi. Fatxulla Abdullaev.