Matnshunoslik, tekstologiya

Matnshunoslik, tekstologiya (lotincha textum-so’zlar aloqasi va logiya)-yordamchi tarixiy-filologik fan sohasi. Adabiyot va folklorga oid qo’lyozma asarlarni, tarixiy hujjatlarni, ularning aniq matnlarini aniqlash va tandiqiy o’rganish, sharhlab e’lon qilish maqsadida tadqiqotlar olib boradi. Matnshunoslikning vazifasi matnni har tomonlama tadrijiy-tanqidiy (matn tarixiga chuqur kirib borish, matnni yaratishda foydalanilgan manbalarni, muallif tahrirlari, variantlari va boshqalar) o’rganib, nashrga tayyorlashdan iborat. Matnshunoslikning quyidagi asosiy turlari farqlanadi: antik, o’rta asr va yangi adabiyot. Masalan, qadimgi yunon olimi Aristarx (miloddan avvalgi II asr) Gomer asarlari matnini tanqidiy o’rgangan. Sharq islom olamida VII asrdan hozirgacha bir fargi o’zgarmay, mashhur xattotlar tomonidan minglab nodir nusxalar ko’chirilgan qo’lyozmalardan biri Qur’on matnidir.