Mayorat
Mayorat (lotincha major — katta) — ko’chmas mulk (yer, uy-joy va boshqalar)ni meros qoldirish tizimi. Bunga ko’ra, yer-mulkka egalik qilish huquqi eng katta o’g’ilga yoki yoshi ulug’qarindoshga o’tgan. Mayorat tartibida meros qoldirishning dastlabki ko’rinishlari qadimgi hind, yahudiy qonunlarida, Afina huquq tizimida o’z ifodasini topgan. Xususan, qadimgi yahudiy qonuniga ko’ra, marhumning asosiy merosxo’ri katta o’g’li hisoblangan, yoki u qolgan o’g’illardan ikki hissa oshiqulush olgan. Mayorat tartibi 11 — 13-asrlarda Angliya, Frantsiya, Germaniya va boshqalar. Yevropa mamlakatlarining dastlabki huquqiy tizimlarida ham aks etgan. Mayorat yirik yer egaligining yer mulkini bo’linib ketishdan saqlash va mustahkamlashga qaratilgan bo’lib, qonun bilan rasmiylashtirilgan. Mayorat hozirda monarxiya tizimini saqlab qolgan mamlakatlarda uchrab turadi. Ushbu tartibda meros bo’lib qolgan yer ham «mayorat» deb ataladi.