Mayya, axkex

Mayya, axkex (yukateklar) — Meksi- ka, Gvatemala (Yukatan ya.o.) va Belizda yashovchi indeys xalqi. Umumiy soni 700 ming kishi. Meksikada 670 ming kishi (1990-y.lar o’rtalari) yashaydi. May – so’zlashadi. Dindorlari — katoliklar, lekin amalda qad. diniy e’tikrdlar saqlangan. M. dehqonchilik, chorvachi- lik, ovchilik, baliqchilik va asalari- chilik b-n shug’ullanadi. M. avlodla- ri Jan.-Sharqiy Meksika, Gonduras, Gvatemala hududlarida mavjud bo’lgan Amerikaning eng kad. madaniyati (ol- MEK madaniyati b-n bog’liq)ni yaratgan- lardan hisoblanadi. Mil. 1ming yil- likda M.larda toshdan yasalgan inshoot- lari bo’lgan shaharlar vujudga kelgan. 9-a.da M.larning ko’pchilik shaharlari tolteklar boshchiligidagi indeys qabilalari bostirib kelishi natija- sida vayron bo’lgan. 10-a.da Yukatanda yangi mayyatoltek davlati vujudga kel- gan, u keyinchalik bir qancha mustaqil shahardavlatlarga parchalanib ketgan. M.lar jamiyatida huk-mron qatlamni harbiy zodagonlar va kohinlar tashkil etgan. M.larda urug’chilik munosabat- lari qoldiklari saqlangan, qulchilik rivojlangan. Qishloq aholisi turli majburiyatlarni o’tagan. Shaharlarda hunarmandchilik taraqqiy etgan. M.lar o’zlarining ieroglif yozuvlarini IX- tiro etishgan (q. Mayya yozuvi). M.lar matematika, tibbiyot, astronomiya (xusu- san, q.x. ishlari muddatini belgilovchi puxta ishlangan taqvim) sohasida il- miy bilimlarga ega bo’lishgan. M.lar, ayniqsa, yomg’ir va shamol ma’budlariga qattiq e’tiqod qilganlar. 16-a. boshla- rida Markaziy Amerika ispan mustam- lakachilari tomonidan bosib olingandan keyin M.lar kalin tropik o’rmonlarga ko’chib o’tib, 20-a. boshlarigacha amalda o’z mustaqilliklarini saklab keldi- lar. 100 dan ortiq shahar xarobalari saqlangan. Eng yiriklari — Chichen itsa, Kopan, Mayyapan, Ushmal, tikal (yana q. Indeyslar).