Meduzalar

Meduzalar — bo’shliqichlilarning, ko’pincha, erkin yashovchi jinsiy avlodi. Gavdasi xira shaffof (mezogliysi kuchli rivojlan- ganligi tufayli), so-yabon yoki qo’ng’iroq shaklda, diametri bir necha mm dan 2-3 m gacha. Soyaboni chetlarida paypaslagich- lari (uz. 30 sm gacha) va sezgi organlari joylashgan. Og’zi soyabonining ostki botiq tomoni o’rtasida bo’lib, odatda, og’iz parraklari b-n o’ralgan. M. soyaboni ostida suvni siqib chiqarishi tufayli relaktiv usulda harakatlanadi. Ayrim stsifomeduzalar (stavromeduzalar) suv tubida biron substratga yopishib yashay- Di. M. suv tubida yopishib yashaydigan gidroid poliplar (bo’shliqichlilarning jinssiz ko’payadigan avlodi)dan kurta- klanish tufayli hosil bo’ladi. M. stsi- foidlar va ko’pchilik gidropoliplar uchun xos. Gidralar, ayrim dengiz gidro- polishtari va korall poliplar M. hosil qilmaydi. Traxilidlar va pelagiylarda nael gallanishi bo’lmaydi; M. tuxumdan hosil bo’ladi. M.ning jinsiy bezla- ri oshqozoni yaqinida yoki oshqozondan boshlanadigan gastrovaskulyar siste- maning radial naylarida joylashgan. Gidromeduzalarda jinsiy bezlar ekto- dermada, stsifomeduzalarda endoderma- da bo’ladi. M. jinsiy yo’l b-n ko’payadi; jinsiy hujayralar (tu-xum va urug’lar) suvga chiqariladi, suvda urug’lanish ro’y beradi. Faqat stsi-fomeduzalar (Aure- liya, qutb M.i) tu-xum hujayralari ona organizmda urug’lanib, ulardan planula lichinkasi chiqadi. Ayrim M. (ildizog’iz M., qutb M.i., Butli M. va b.)ning otuvchi hujayralari kuydirish xususiyatiga ega bo’lgani uchun ular zaharli M.ga kiriti- ladi.