Meksika qo’ltig’i

Meksika qo’ltig’i – Atlanti- ka okeanidagi yarim berk dengiz, shim. Amerikaning Jan.-Sharqiy qirg’oqlari yaqinida, Florida va Yukatan ya.olari va Kuba o. oralig’ida. Mayd. 1555 ming km2. Chuq. 3822 m gacha. Florida bo’g’ozi orqali Atlantika okeani b-n, Yukatan bo’g’ozi orqali Karib dengizi b-n tu- tashgan. Missisipi daryosi qu-yiladi. Iklimi Jan.da tropik, shim. da subtro- pik iqlim, havo t-rasi avg.da 28°, Fev. da 14-15°. Yillik yog’inga (1000-1200 mm) nisbatan bug’lanish (1000-1750 mm) ko’p. Yoz va kuz oylarida tez-tez do- vullar bo’lib turadi. Suvining t-rasi yuza qismida 29°, sayoz joylarida 30— Zg, salqin mavsumda 18-25°. Sho’rligi 36-36,9%o. Yuzaoqimlar, asosan, soat strelkasi yo’nalishida harakat qiladi. M.q.ga Karib dengizidan Yukatan oqimi kiradi. Qo’ltiqdan Golfstrim boshla- nadi. Suv qalq-ishi sutkalik, 0,3—0,6 m gacha. M.q.ning shelf qismida baliq, ustrisa, krevetka, langusta va dengiz toshbaqasi ovlanadi. Qo’ltiqning shim.- g’arbiy shelf qismida yirik neft kon- lari topilgan. Asosiy portlari: yangi Orlean (AQSh), Verakrus (Meksika) va Gavana (Kuba).