Melaninlar

Melaninlar (Yun. melas — qora) — to’q jigarrang va qora pigmentlar. Odam, o’simlik va hayvon to’qimalarida keng tarqalgan. Yuqori molekulali bo’lib, suvda erimaydi. Teri qoplami va uning hosilalari (soch, jun, pat, tanga- chalar), hasharotlar kutikulalari, meva po’sti va h.k. rangini belgilaydi; albi- noslarda M. bo’lmaydi (q. Albinizm). M. tirozin aminokislotalarining OK- sidlanishi natijasida hosil bo’ladigan o’zgarishlar mahsuli. Odam terisining rangi ma’lum darajada M.ga bog’liq. Odam va hayvonlarda M. hosil bo’lishi endokrin bezlar faoliyati b-n bog’liq. Ayrim gormonal buzilishlar, ba’zan homiladorlik, ku-yish va ultrabinaf- sha nurlar ta’sirida terida M. paydo bo’lishi tezlashadi. M. miqsorining ortishi so’gal, ayrim xavfli o’sma (Mela- noma)larda kuzatiladi. Ba’zan o’simlik mahsulotlarini tozalash chog’ida (mas, kartoshka artganda) ham M. hosil bo’lishi mumkin.