MELIORATIV RAYONLASHTIRISH
MELIORATIV RAYONLASHTIRISH — er va suv resurslaridan unumli foydalanish maqsadida meliorasiya ob’- ekti (hududi — vodiy, voha, xo’jalik)ni iqlim, tuproq va gidrogeologik sharo- itlarga ko’ra, region, oblast, zona, r-n va kichik r-nlarga bo’lish. M.r. tabiiy sharoitlarning xususiyatlari va xo’jalik yuritish ahvolining aks ta’sirini na- zarda tutgan holda erlarning meliora- TIV holati ko’rsatkichlarini atroflicha o’rganishga asoslanadi. Keyingi 20-35 y. ichida tuproq-meliorativ va gidrogeo- logik-meliorativ rayonlashtirish uslu- biyati (B. Fedotov. M. Pankov, L. Rozov, V. Kovda, D. Kas, M. Krilov, N. Hojiboev va b.) ishlab chiqildi. Sug’orma dehqonchilik r-nlaridagi tajribasug’orish st-yalari va ilg’or xo’jaliklarda o’tkazilgan ko’p yillik tadqiqotlar asosida gidromo- dul bo’yicha rayonlashtirish usulla- ri ham ishlab chiqilgan (V. Legostaev, B. Konkov, B. Fyodorov va b.). Alohida xo’jalik dalalari va er massivlari bo’yicha M.r. agromeli-orativ rayon- lashtirish deyiladi. Umumiy majmuada gidrotexnik meliorasiyaning funda- mental ahami-yati, ularning meliora- tsiya ob’ektining gidrologik va tuproq sharoitlariga ta’sir etish xususiyat- lari takso-nomik birliklar (meliora-TIV oblast, r-n, kichik r-n, uchastka)ni ajratish uchun asos bo’ladi; ularning doirasida meliorativ majmuaning tabaqalashtirilgan parametrlari (sho’r yuvish va sug’orish normalari, suv berish texnikasi elementlari, drenaj tipi va uning jadalligi va b.) meliorativ holat ko’rsatkichlarini boshqariladigan tar- tibga solishni va optimal meliorativ rejimni ta’minlaydi. Sug’oriladigan erlarni r-nlashtirishda sizot suvlar- ning oqib chiqishining gidrogeologik sharoitlari katta ahamiyatga ega. Shunga ko’ra, sizot suvlari etarli darajada va kuchsiz oqib chiqib ketadigan, amalda chiqib ketmaydigan meliorativ zonalar- ga bo’linadi. Sug’oriladigan vohalar va zaxi qochiriladigan maydonlar geomor- fologik tuzilishining o’ziga xosligi, gidrogeologik, tuproq jarayonlari sha- roiti, yo’nalishi alohida axdmiyatga ega. Litologomorfologik, gidrogeologik va tuproq sharoitlari turlicha bo’lgan katta xududni M.r.da bir zona ichida bir nechtadan meliorativ oblastlar, r-nlar, bir necha kichik r-nlar bo’lishi mumkin. Mas, qarshi cho’lini M.r. da 2 ta zona (bo’z va cho’l), 6 ta meliorativ oblast, 15 ta r-n, 31 ta kichik r-n farqlangan (M. M. Rasulov, 1976). Sug’oriladigan erlarni M.r.da qo’llaniladigan tadbirlarni bel- gilashda erdan foydalanish koeffisi- enti ham hisobga olinadi. M.r.da har bir meliorativ oblast, r-n, kichik r-n va ulardagi tuproq guruhi uchun tavsiya etiladigan tadbirlar turi, tarkibi va ko’lami ob’ektning tabiiy hamda irrigasion-xo’jalik sharoitla- rini atroflicha xisobga olinib belgi- lanadi. M.r. bajariladigan ishlarning texnik echimi uchun ilmiy asos bo’ladi. Abdurahim Ermatov, Ziyomiddin Ar- tukmetov.