Meliorativ tuproqshunoslik

Meliorativ tuproqshunoslik — erning noqulay tabiiy sharoitlarini (iqlim, tuproq eroziyasi, er ko’chishi, surili- shi, sel oqimi, qum ko’chishi, sho’rlanish, botqoqlanish, qurg’oqchilik, gidrolo- giya va gidrogeologiya sharoitlarini) o’rganadigan fan, tuproqshunosliktmg bo’limlaridan biri. M.t.ning asosiy vazifalari: yangi hududlarda irrigasiya- Meli-orativ o’zlashtirish maqsadlarida er massivlarini to’g’ri tanlash, yangi sug’oriladigan erlar unumdorligini oshirish hamda sho’r yuvish va b. tadbir- larni asoslab berish, meliorasiya na- tijasida kelib chiqishi mumkin bo’lgan salbiy oqibatlarning oldindan tax- minlash hamda ularning oldini olish uchun tavsiyalar ishlab chiqish, qadimdan sug’oriladigan hududlarda tuproq sho’rini yo’qotish va unumdorligini oshirish tadbirlarini ishlab chiqib, te- gishli tavsiyalar berishdan iborat. M.t. geologiya, gidrologiya, geomor- fologiya, litologiya, geokimyo, fizika, matematika, gidrotexnika, Agronomiya va b. b-n chambarchas bog’liq. M.t. fani- ning shakllanishi va rivojlanishi Su- gorma dehqonchilik uchun yangi erlarni o’zlashtirish masalalari b-n bog’liq. O’rta Osiyo sho’rlangan tuprokdarini har to- monlama o’rganish borasida V. A. Kovda, V. V. Egorov, M. A. Pankov, O. K. Komi- lov, L. T. Tursunov va b.ning xizmatlari katta. Mirzacho’lda dastlabki meliorativ tadqiqotlar 20-a. boshlarida boshlan- gan. O’zbekistonda irrigasion-meliora- tsiya ishlari 1965 y.lardan boshlab keng ko’lamda olib borildi. M.t. q.x. uchun meliorativ jihatdan noqulay bo’lgan tuproklarni sinflash va baholash usul- larini ta-komillashtirish, navbatdagi i. t. ishlari samaradorligini oshirish, sho’rlangan erlarni meliorasiyalashning yangi uslublarini ishlab chiqish, irri- gasion-meliorativ o’zlashtirish uchun er massivlarini baholash va tanlash US- lubini takomillashtirish masalalari sohalarida rivojlantirilmoqda. Mazkur masalalarni ijobiy hal etish meliorativ, agromeliorativ, gi- dromodul r-nlashtirish hamda shular- ga muvofiq holda meliorativ tadbir- lar tizimini ishlab chiqish va qo’llash orqali amalga oshiriladi. O’zbekistonda sho’rlangan sugorma erlar 1970 ming ga ni tashkil etadi. Sho’rxok tuproqli erlar maydonining ortib borishi, agrotexnika va mineral o’g’itlardan, sug’orish tizimidan noto’g’ri foydalanish ekinlar hosildorligini kamaytirib yuboradi. M.t. ishlari er kadastri va uning bal- larini aniqlashda muhim ahamiyat kasb etadi. M.t. masalalari b-n er resurslari davlat qo’mitasining Tuproqshunoslik va agrokimyo i.t. in-ti, qishloq va suv xo’jaligi vazirligi tizimidagi tegish- li muassasalar, o’quv yurtlarining te- gishli kafedralari shug’ullanadi. Ld.: Kamilov O. K., Meliorotivnoe sostoyanie i Plodorodie vnov osvoen- nix pochv Golodnoy stepi, T., 1980. Sobirjon Azimboev.