Membranofonlar

Membranofonlar (lot. Membrane — yupqa pust, parda va fon) — musiqa cholg’ulari turi; tovush manbai sifatida doirasimon asosga qoplangan hayvon (buzoq, echki va b.) terisi yoki (baliq) pufagi, shuningdek, sun’iy (sintetik) pust ishlatiladi. Anik, ba- landlikka ega bo’lmagan tovushlar, aso- san, pardani ko’l, barmoklar yoki maxsus tayoqchalar b-n urish natijasida yoki uni ishqalanish jarayonida chiqadi. Shu- ning uchun M.ni ba’zida urma musiqa cholg’ulari ham deyishadi. M.da ko’proq turli usullar, darak beruvchi ritmik iboralar chalinadi. M. turli shakl va ko’rinishlarga ega bo’lib (oddiylar- dan — buben, baraban, murakkab tuzi- lishdagi cholg’ulardan — litavra va b.), ayniqsa, Sharq madaniyatida keng rivoj topdi (doyra, dovul, nog’ora, tabla, chin- dovul va b.).