Me’morchilik orderlari
Me’morchilik orderlari (lotincha ordo, fransuzcha ordre-tartib)-ustun hamda to’sinlardna iborat qurilmalarda turli qismlarning o’zaro muvofiq bo’lishi, ularning tarkibiy va badiiy uslubi. Me’morchilik orderlariga xos belgilar Qadimgi Sharq me’morchiligida bor bo’lsa ham, ular muayyan va o’zgarmas tartib-qonun asosida yunon me’morchiligida (miloddan avvalgi V asrdan) tatbiq hamda tartib etila boshladi. Mumtoz orderlarning nomi Yunonistondagi mahalliy qabila va manzillar nomidan olingan. Me’morchilik orderlari ustun tanasi (kolonna), boshasi (kapitel) ba poyustun-kursi (baza)dan tashkil topadi. To’sin qismi ustma-ust joylashgan arxitrav (bosh ustun), frizz va karnizdan iborat bo’lib, ular birgalikda antablimentni tashkil etadi.