MENDELEEV DAVRIY SISTEMASI

MENDELEEV DAVRIY SISTEMASI, kimyoviy elementlar davriy sistemasi — D. I. Mendeleevning o’zi kashf etgan davriy qonun asosida tuz- gan elementlar davriy sistemasi, dav- riy qonunning grafik ifodasi. M. D. s. mavjud elementlarning hammasini bir butun qilib birlashtiradi, ular o’rtasida ob’ektiv qonuniy aloqa borli- gini ko’rsatadi va hali ma’lum bo’lmagan elementlarni, ularning xossalarini ol- dindan aytishga imkon beradi. Mendeleevgacha ham kimyoviy ele- mentlarni sistemaga solishga urinib ko’rilgan (frantsuz kimyogari J. Dyuma, nemis kimyogarlari I. Dyobereyner, L. Meyer, ingliz kimyogari u. Odling, Ame- rikalik olim J. Nyulends va b.). J. Nyulends 1863 y.da elementlarni atom og’irliklari ortib borishi tarti- bida ketma-ket joylashtirib, har qanday elementdan hisoblaganda sakkizinchi element birinchi elementning xossa- larini, muzikadagi sakkizinchi notaga o’xshash, ma’lum darajada takrorlashini topdi. Nyulends bu qonuniyatni «oktava- lar krnuni» deb atadi va unga asoslanib, o’ziga ma’lum elementlarni guruh (sak- kizlik)larga bo’lishga urinib ko’rdi. 1864 y.da L. Meyer kimyoviy elementlarni va- lentliklariga qarab olti guruhga bo’ldi. Shunday qilib, Mendeleevdan oldin ele- mentlarni kimyoviy o’xshashliklari aso- sida guruhga bo’lishdan nariga o’tilmadi. Bu olimlar har qaysi elementni boshqa elementlardan mutlakr ajralgan holda olib qarashdi. Mendeleev, o’zidan il- Gari o’tgan tadqiqotchilarning aksicha, elementlarning at.m. qiymatlariga, Fi- zik va kimyoviy xossalariga katta e’ti- bor berdi. Mavjud elementlarni at.m. ortib borishi tartibida joylashtirib, elementlarning xossalari va ularning birikmalari ham o’sha tartibda asta-se- kin o’zgarib borishini va ma’lum xossa- larning o’zi elementlar qatorida davriy suratda, ya’ni bir necha elementdan keyin takrorlanishini aniqladi. Bu krnuni- yat davriy qonunda o’z ifodasini topdi. Mendeleev davriy qonunni quyidagicha ta’rifladi: oddiy moddalar (element- lar)ning xossalari, shuningdek, ele- mentlar birikmalarining shakl va xos- salari elementlarning at. m.lariga dav- riy ravishda bog’liq bo’ladi. U barcha ele- mentlar bo’ysunadigan davriy qonunni to’liq namoyon qildi va ba’zi elementlar (chunonchi: berilliy, lantan, indiy, ti- tan, vanadiy, erbiy, tseriy, uran, toriy) ning o’sha vaqtda qabul qilingan at.m.ni 1,5—2 marta o’zgartirish, ba’zi element- lar (kobalt, tellur, argon)ning joyla- shish tartibini o’zgartirish va nihoyat 11 elementning (frantsiy, radiy, aktiniy, skandiy, galliy, germaniy, protaktiniy, poloniy, texnesiy, reniy, astat) kashf qilinishi kerakligini oldindan aytib berdi. Elementlarning xossalari kuyidagi tartibda o’zgaradi (jadvalga k,.). Faol ishqoriy metall — litiydan so’ng FA- olligi kamrok, metall — berilliy, un- dan keyin kuchsiz metalloidlik xossa- larga va metallarning ba’zi xossalariga ega bo’lgan bor turadi. Qatorda bordan keyin 4 valentli metalloid — ugle- rod, so’ng metalloidlik xossalari yanada ravshanroq ifodalangan azot, yaqqol me- talloid — kislorod va niho-yat eng faol metalloid, ettinchi element — ftor ke- ladi. Yuqorida aytib o’tilgan 7 ta ele- ment xossalarining qisqacha ta’rifidan ko’rinadiki, litiyda ifodalangan me- Tallik xossalari bir elementdan ikkin- chisiga utishi b-n asta-sekin zaiflashib, metalloidlik xossalari kuchayib boradi va ftorda eng yuqori darajaga etadi. Shu b-n birga at.m.lari ortib borgan sari elementlarning kislorodga nisbatan va- lentligi litiyda birdan boshlab, undan keyingi har qaysi elementda muntazam suratda bittadan ortib boradi. Ftordan keyin keladigan element — neon boshqa elementlar b-n birikmaydigan inert gazdir. Neondan so’ng (keyingi qatorda) li- tiyga o’xshash bir valentli metall — na- triy keladi. Natriydan keyin element- lar xossalarining o’zgarib borishi tar- tibga qarab joylashadi, ya’ni yuqoridagi holat takrorlanadi. Darhaqiqat natriy- dan so’ng berilliy analogi bo’lgan mag- niy keladi; undan keyin alyuminiy tura- Di. Alyuminiy, garchi bor kabi metalloid bo’lmay, balki metall bo’lsa ham, u ba’- zida metalloidlik xossalarini namoyon qiladigan elementdir. Alyuminiydan keyin ko’p jihatdan uglerodga o’xshash to’rt valentli metalloid — kremniy, un- dan so’ng kimyoviy xossalariga ko’ra, azot- ga o’xshash besh valentli fosfor, so’ngra metalloidlik xossalari kuchli ifoda- langan element — oltingugurt undan keyin juda faol metalloid bo’lgan xlor, va, nihoyat, yana inert gaz — argon keladi. Ma’lum sondagi elementlardan keyin, go’yo orqaga, dastlabki nuqtaga qaytish yuz beradi; shundan keyin, ma’lum daraja- da, undan oldingi elementlarning xos- salari xuddi o’sha tartibda, ammo sifat jihatidan farq qilgan holda takrorla- nadi. 1869 y.da Mendeleev davriy siste- maning birinchi variantini tuzdi. Bu sistemada u barcha elementlarni dav- rlarga bo’ldi (u paytda 63 element ma’- lum bo’lib, ular 19 ta gorizontal va 6 ta vertikal qatorga joylashtirilgan edi) va xossalari bir-biriga o’xshagan, hosil qiladigan birikmalari o’xshash bo’lgan elementlarni bir-birining ostiga tu- shadigan qilib, bu davrlarni birining ostiga ikkinchisini joylashtirish yo’li b-n jadval tuzdi. Mendeleev o’sha vaqtda hali ma’lum bo’lmagan elementlar uchun Bush joy qoldirdi va uch elementning (u bu elementlarni ekabariy, ekaalyuminiy, ekasisiliy deb atadi) mavjudligini ay- tibgina qolmasdan, balki ularning xos- salarini ham oldindan aytib berdi. Bu elementlar (galliy, skandiy, germaniy) keyinchalik kashf qilindi. Ularning xossalari Mendeleev ba-shorat kilgani- Day bo’lib chiqdi. Bu variant uzun davrli variant hisoblanadi. 1871 y.da M.D.s. ning ikkinchi varianti e’lon qilindi. Bu variantda uzaro o’xshash elementlar vertikal qatorlarga joylashgan bo’lib,’ qisqa davrli variant hisoblanardi. Unda 8 ta vertikal, 10 ta gorizontal qator bor edi. Bu variantga asoslanib, Mendeleev urangacha 11 ta elementning va urandan keyin bir nechta element kashf etilishini ba-shorat qildi. Men- deleevning davriy qonuni tajribada tasdiklandi va kimyoning rivojlani- shida katta rol uynadi. Davriy siste- ma jadvalining hoz. ko’rinishi keying yillardagi kashfiyotlar va ma’lumotlar b-n to’ldirilgan. Ayni vaktda davriy sistemaning 500 dan ortiq varianti chop etilgan. Ular- dan eng keng tarqalgan shakllari qu- yidagilardir: 1) Mendeleev taklif et- gan davriy sistemaning kiska variant (shu jadval keltirildi). 2) M.D.s.ning shveytsariyalik kimyogar A. Verner tomo- nidan 1905 y.da takomillashtirilgan uzun varianti. 3) daniyalik fizik N. Bor chop etgan (1921 y.) davriy sistemaning zinapoyasimon shakli. So’nggi yillarda ko’rinishi va amaliy jihatdan qulayligi sababli M.D.s.ning qisqa va uzun variantilari keng kulla- nadi. Ma’lum bo’lgan 109 ta element (110-elementning sintez qilinganligi haqida ma’lumotlar bor, 104-109 elementlar IUPAC tomonidan hali tasdiqlanmagan) at.m.larning ortib bo- rishi tartibida vertikal va gorizontal katorlarda joylashtirilgan. Vertikal qatorlar guruhlar deb nomlangan. Jad- valda I—VIII va 0 guruh mavjud. I—VII guruhlarning har biri ikki — asosiy va qo’shimcha guruhchadan iborat. Har qaysi guruhcha va guruh (VIII, 0)da joy- lashgan elementlar bir-biriga o’xshaydi, mas, 1 guruhning asosiy guruhchasida ishqoriy metallar, II guruhning asosiy guruhchasida — ishqoriy-er metallar va VII guruhning asosiy guruhchasida — ga- logenlar va nolinchi guruhchadagi inert gazlar. Bir guruhda, asosiy yoki qo’shimcha guruhchada joylashgan elementlarning xossalari bir-biriga uxshaydi, ammo ba’zi xossalari farq qiladi. Gorizon- tal qatorlar davrlar deb ataladi. Bi- rinchi 3 ta (kichik) davrning har birida 2 ta, 8 ta va 8 ta element bor. 4, 5 va 6 (katta) davrlarda 18 ta, 18 ta va 32 ta element mavjud. 7 davrda 23 ta element bo’lib, u hali tugallanmagan. 1940 y.dan beri bu davr sun’iy yul b-n olingan radio- aktiv (transuran) elementlar b-n tulib bormoqda. Bular tabiatda uchramaydi (q. Radioaktiv elementlar). Kimyoviy xossalari va elektron kavatlarining tuzilishiga ko’ra, barcha transuran ele- mentlar bir-biriga, shuningdek, toriy, protaktiniy, uranga o’xshaydi. M.D.s.da aktiniydan so’ng keladigan (90-103 raqamlardagi) elementlar aktinoidlar oilasiga birlashtirilgan va jadvalda lantanoidlar (58-71 raqamdagi ele- mentlar)dan ke-yinda joylashtirilgan. Kimyoviy xossalari va elektron kavati tuzilishiga ko’ra, bu ikkala oila bir- biriga uxshaydi. Ular III guruhga mansub. Har bir 2 ta davr, ya’ni 2 va 3, 4 va 5, 6 va tugallanmagan 7davrlardagi elementlar soni, ularning joylanish tartibi bir xil ekanligi sistemadan aniq ko’rinib turibdi. Shunga qarab 7davrdagi hali noma’lum elementlarning urnini kur- satib berish mumkin. Ammo davriy si- stema kaysi element b-n tugashini ay- tish qiyin. Sun’iy radioaktiv kimyoviy elementlarning at.m.ni izotoplar tabi- iy aralashmasining o’rtacha massasi deb hisoblash mumkin emas. Shuning uchun bu elementlarning kimyoviy formulasi ostidagi son boshka elementlardagi kabi uning at.m.ini emas, balki eng uzoq mav- jud buladigan izotopning massa sonini kursatadi. Davriy sistemadagi element- larning xossalari qonuniy ravishda uzgarib boradi. Mas, ishqoriy metal- lar guruhchasida yuqoridan pastga, ya’ni litiydan tseziyga tomon metallarning elektron berish qobiliyati ortib, shu b-n birga ularning kimyoviy faolligi ham kuchayib boradi. Galogenlar guruhchasida esa, aksincha, pastda joylashgan ele- ment yuqoridagi elementga Karaganda elektronni Qi-yinlik b-n biriktiradi. Demak, galogenlar guruhchasida metal- loidlarning faolligi yuqoridan past- ga tomon pasayib boradi. Davrlardagi qonuniyat shundayki, ungda joylashgan elementlarga qaraganda chapda turgan elementlar elektronlarni oson yo’qotib, Qi-yinlik b-n biriktiradi. Shunga muvofiq, chapdan o’ngga (faol ishqoriy metallardan yaqqol metallmaslar — ga- logenlarga) tomon oddiy moddalarning xossalari o’zgaradi, ayni vaqtda ele- mentlar birikmasining xossalari ham davriy ravishda uzgarib boradi. Mac, davrlar boshidagi elementlar asosli oksidlar va shularga to’g’ri ke- ladigan gidroksidlar (asoslar) hosil qiladi. Tartib raqamining ortib bori- shiga qarab gidroksidning asos tavsifi amfoter, so’ng kislota tavsifi b-n Alma- shadi. Guruhchalarda elementlar gidrok- sidlarining tavsifi yuqoridan pastga tomon kuchayib, kislota tavsifi zaifla- shib boradi. M.D.s. ki-myoviy elementlar va birikmalarning fizikkimyoviy xossa- larini o’rganishda, bu xossalar orasida- gi qonuniyatlarni ochishda, yadroviy reak- tsiyalarni o’tkazishda hamda radioaktiv izotoplarni sintez qilish sohasidagi tadqiqotlarda qisqa va aniq ilmiy asos bo’lib xizmat qiladi. Ad.: Mendeleev D. I., Periodiche- skiy zakon. Osnovnie stati, M., 1958; Rahimov X., Gulboev T., D. I. Mendeleev- ning elementlar davriy qonuni va atom- lar tuzilishi, T., 1968; Melnikov V. P., Dmitriev I. S, Dopolnitelnie vidi periodichnosti v periodicheskoy sisteme D. I. Mendeleeva, M., 1988. Sayfullo Hamroev, Rustam Ma’ru- pov.