Mergel

Mergel — cho’kindi tog’jinsi, ohaktosh va dolomitlardan gilli jin- slarga o’tishdagi oraliq holatda. Tarki- bida 50 dan 80% gacha SaSO3 va MgCO3, 20 dan 50% gacha gilli material bo’ladi. Gilli, ohaktoshli, bo’rsimon va dolomit- li qo’shimchalariga qarab kremnezyomli, glaukonitli, qumli, slyudali, bituminoz- li, ko’mirli va h.k. M.lar farq qilinadi. Rangi har xil, ko’pincha, oqish. Tabiatda keng tarqalgan, proterozoydan boshlab barcha sistemalarda uchraydi. Karbonat- li va gilli qatlamlarda ko’proqbo’ladi. Ba’zi tsement turlarini i.ch.da xom ashyo; qurilish materiali sifatida ham ishla- tiladi. Ochiq usulda qazib olinadi.