Metodologiya

Metodologiya (metod va …logiya so’zlaridan) — tadqiqotchining nazariy va amaliy faoliyatini tashkil etish, ti- klash tamoyillari va usullari tizimi hamda bunday tizim haqidagi ta’limot. M. metodlar haqidagi ta’limot yoki yalpi-umumiy bilish metodi, deb ham ta’riflanadi. M. metodlarga va umu- man voqelikka qanday yondashish yo’lini o’rgatadi. Voqelikning muayyan qismini, biror jihatini, rivojlanishining ayrim holatini o’rga-tuvchi M.ga meta – fizikani, voqelikning chiziqli rivoj- lanish, o’zgarish jarayonini va uni tash- kil etuvchi elementlar o’rtasidagi o’zaro aloqadorliklarni aks ettiruvchi M.ga dialektikani, voqelikda ro’y beruvchi ke- skin, halokatli o’zgarishlar, nochiziqli rivojlanish jarayonlarini o’rganishda qo’llaniladigan M.ga sinergetikapsh mi- sol sifatida ko’rsatish mumkin. M.ga ilmiy bilishning, voqelikni anglash va o’zgartirishning algoritmi sifatida ham qarash mumkin. Mac, Yuno- nistonda geometriya er maydonlarini o’lchashda normativ yo’l-yo’riq bo’lib xizmat qilgan va geometriya ilmini falsafani o’rganish uchun muhim M. deb bilishgan. Platon maqbarasiga kirave- rishdagi eshikka «kimki geometriyani bilmasa, bizning oldimizga kirmasin» deb yozib qo’yilgan ekan. Falsafada esa olamni anglashda Geraklitning logosk M. vazifasini o’tagan. M. taraqqiyotiga Sokrat, Aristotel jiddiy hissa qo’shishgan. Forobiy sha-rkrna fikrlash uslubi nuqtai nazaridan Aristotel asarlarini sharxlaydi. Bunday sharx- lar Aristotel merosini o’rganishda M. bo’lib kelgan. Ibn Sino o’zining xoti- ralarida Aristotelning «Metafizika» asarini 40 marotaba o’qib chiqsa ham hech narsa tushu na olmaganligini, bu asar- ning mazmuniga Forobiyning sharxla- rini o’qigandan so’nggina tushunib et- ganligini yozib qoldirgan. M. haqida F. Bekon, R.Dekart, J. Lokk, G. Galiley va b. evropalik olimlar maxsus kitoblar yozishgan. Shuningdek, M. rivojiga Kant, Fixte, Shelling, Gegel jiddiy hissa qo’shishgan. Gegel dialektik M.ning asoslarini ishlab chikdi. 20-a.da Siner- getik, strukturalistik va germenevtik M.lar falsafada eng obro’li falsafiy M.lar sifatida nom qozondi, sistema- viy va kompleks yondashish M.lari esa in- sonning barcha hayotiy jarayonlarida keng qo’llanilmoqda. Bugungi kunda sinergetika M.si olam- ning chigal muammolarini tadqiq etish- da, halokatli portlashlar, nochiziqli o’zgarish jarayonlarining mohi-yatini tu- shunib etishda, olamning vujudga keli- shini ilmiy asoslashda kuchli evristik bilish quroli vazifasini o’tamoqda. Baxtiyor To’raev.