Metropoliten-muzey
Metropoliten-muzey (Metropolitan Museum of Art) — AQSh ning (Nyu-Yorkda) eng yirik Markaziy san’- at muzeyi. 1870 y.da tashkil etilib, 1872 y.da ochilgan. Shaharning marka- ziy bogida joylashgan. Fort-Tray- on bog’ida bo’limi bor. Eksponatlari, asosan, shaxsiy kollektsiyalardan mu- zeyga tortik, qilingan san’at asarla- ridan iborat. Amerika rangtasviri va haykaltaroshligi, qurollar, uzoq va Yaqin Sharqning qad. san’ati, qad. Misr san’ati, Yunoniston, qad. Rim va is- lom san’ati, o’rta asr san’at asarlari (bo’limi), musiqa asboblari, gravyura va litografiyalar, Evropa rangtasviri, 20-a. san’ati, kitoblar muzeyi, bolalar muzeyi, kostyum in-ti (mato va kiyimlar to’plami) va b. bo’limlari mavjud. M.-m. da jahon san’-atining ko’pgina Nodir yodgorliklari, jumladan, G’arbiy Evropa rangtasvirining shoh asarlari, shuning- dek O’zbekiston hududida yaratilgan ama- liy san’at asarlari ham saqlanadi.