Mexikali

Mexikali — Meksikaning shim.-g’arbiy qismidagi shahar. AQSh chegarasiga yaqin joyda. Kolorado Daryo- si havzasida. Shim. Quyi Kaliforniya shtatining ma’muriy markazi. Aholisi 764,9 ming kishi (2000). Transport yo’llari tuguni. Sug’orma dehqonchilik r-nining (paxta, bug’doy, sabzavot ekin- lari, moyli o’simliklar etishtirish) markazi. Oziq-ovqat, metallsozlik, pax- ta tozalash, yog’moy sanoati korxonalari mavjud. Amerika kompaniyalarining elektrotexnika, radioelektronika va is- te’mol tovarlari i. ch. korxonalari ish- lab turibdi. Un-t bor.