Meyoz

Meyoz (Yun. meiosis — kamayish) — hujayra yadrosining xromosomalar sonining 2 marta kamayishi (reduktsiya) orqali boradigan bo’linishi. Jinsiy ko’payadigan o’simlik va hayvonlar uchun xos (q. Jinsiy ko’payish). M. — irsiyat va o’zgaruvchanlikning asosiy mexanizmi. M. urug’va tuxum hujayra hosil qiluvchi hujayralar — spermasit va ovositlar- ning ketma-ket ikki marta bo’linishi (1- va 2 – M.)dan iborat. Har bir M. bo’linish mitoz singari 4 faza: profaza, metafaza, anafaza, telofazadan iborat. 1-M. Pro- fazasida gomolog xromosomalar kon’yu- gasiyasi (o’zaro chalkashuvi) va krossin- gover (gomologik xromosomalar o’xshash qismlari o’rtasida genlar almashinu- VI) sodir bo’ladi. Shundan so’ng mitoz Pro-fazasidagi singari xromosomalar spirallashuvi boshlanadi; yadro mem- branasi va yadrocha emirilib, bo’linish duki hosil bo’ladi. 1-M. metafazasida gomologik xromosomalar bir-biridan ajraladi va axromatin ipchalarga ila- shib qarama-qarshi qutblarga tarqaladi. 1-M. telofazasida xromosomalar SPI- rali yoyiladi; yadro membranasi va yadrocha shakllanadi; hujayra bo’linib, xromosomalarning gaploid to’plamiga ega bo’lgan hujayralar hosil bo’ladi. 1-M. bo’linishdan so’ng hosil bo’lgan hujayralardagi xromosomalarning har qaysisi 2 tadan xromatidga ega bo’ladi. Hujayralar 2-M. ga kirishishidan ol- din interfaza bo’lmaganligi tufayli xromosomalar soni oshmaydi. Qisqa in- terfazadan so’ng hujayralarning 2-M. bo’linishi boshlanadi. 2-M. ham 4 ta fazadan iborat. 2-M. telofazasida DNK yangi hosil bo’lgan hujayralar o’rtasida teng taqsimlanganidan xromosomalar soni 2 hissa kamayadi. Xromosomalar so- nining 2 hissa kamayishi b-n poyoniga etadigan bu jarayon reduk-tsion bo’linish deyiladi. Organizmlar hayot tsiklida (q. Hayot tsikli) 3 xil M. kuzatiladi. Odam, barcha ko’p hujayrali hayvonlar va ayrim tuban o’simliklar jinsiy organlarida (q. Urug’don, tuxumdon) boradigan Game- tali, ya’ni terminal (uchki) M.da gameta- lar hosil bo’ladi (q. Gametogenez). Urug’ hujayralarning hosil bo’lishi sperma- togenez, tuxum hujayralarning hosil bo’lishi ovogenez deyiladi. Ko’pchilik zamburug’lar va suvo’tlarda urug’langan tuxum hujayralanib bo’linib, gaploid zoosporalar hosil qilishi zigota M. i. deyiladi. Yuksak o’simliklarning jinsiy organlarida gaploid spora- larning hosil bo’lishi (sporogenez)dan iborat jarayon spora M. i., ya’ni oraliq M. deyiladi. M. ota yoki ona organism xromosomalari hosil bo’lgan jinsiy hujayralar (q. Gametalar) o’rtasida teng taqsimlanadi. Gametalar ota-ona orga- nizmlari irsiy belgilarini tashuvchilar hisoblanadi. Jinsiy hujayralarning qo’shilishi natijasida hosil bo’ladigan zigotada xromosomalarning diplo-ID to’plami tiklanadi. Zigotada erkak va urg’ochi organizm irsiy belgilari mu- jassamlashgan bo’ladi.