MEZOZOY BURMALANISHI DAVRLARI

MEZOZOY BURMALANISHI DAVRLARI — mezozoy erasi davrida namoyon bo’lgan tektonikmagmatik faol- lik, tog’hosil bo’lish va granit intru- zivli magmatizm davrlari. Mezozoyda dastlabki va yirik burmalanish trias oxiri va yura boshida sodir bo’lgan va Evrosiyoning g’arbida erta kimmeriy va sharqida hindchin (indosin) nomlari b-n ma’lum. Erta kimmeriy-hindchin defor- masiyalari katta maydonni (Hindixitoy, Eron tog’ligining shim.-sharqi, Mang’ishloq va Taymir ya.o.lari, shim. Dobruja va shim. Amerika Kordilera tog’larining ayrim qismlari) qamrab olgan. Erta kimmeriydan keyin boshlan – gan kechki kimmeriy tektonik davri and, Nevada, Kolima, arauka vab. nomlar b-n ma’lum. U Yuraning oxiri — bo’r bosh- larida bo’lib o’tgan va areali tinch oke- an burmali halqasidan iborat. Mezozoy burmalanishining uchinchi yirik davri bo’rning o’rtalariga va, ayniqsa, oxiri- ga to’g’ri keladi. Uning namoyon bo’lishi butun Alp-Himolay mintaqasi bo’ylab ma’lum. Mezozoy granit hosil bo’lishi jarayoni tinch okean halqasidan tashqari r-nlarni, jumladan, Sharqiy Osiyoda ay- Rim hududlarni (Aldan qalqoni, Bayka- lorti, Mongoliya va Xitoyning sharqi) ham qamrab olgan. Mezozoy tektogenezi rangli metallar (mis, molibden, qalay, volfram va b.), shuningdek, oltin konla- rining hosil bo’lishi b-n birga kechgan. Ba’zi tadqiqotlar M.b.D.ni Alp bur- malanishi davri b-n qo’shib, bitta Alp tektogenezi tsikli shaklida qaraydilar. Ad.: Tektonika Evrazii, M., 1966.