Migrasiya

Migrasiya (lot. migratio — ko’chaman, joyimni o’zgartiraman) — 1) aholining bir joydan ikkinchi joy- ga ko’chishi (q. Aholi migrasiyasi); 2) hayvonlarning yashash muhiti sharoiti yoki rivojlanish tsikli o’zgarishi b-n bir geografik hududdan ikkinchisiga ko’chishi (q. Hayvonlar migrasiyasi); 3) kimyoviy elementlarning er qobig’ida yoki er yuzasida o’z joyini o’zgartirishi (q. Elementlar migrasiyasi); 4) Energi- yaning bir zarrachadan boshqasiga o’tishi (q. Energiya migrasiyasi); 5) kapital- ning qo’shimcha qiymat olish va siyosiy maqsadlarda bir mamlakatdan boshqasiga muntazam chiqib turishi.