Mikroevolyusiya

Mikroevolyusiya (mikro… va evolyusiya) — tur populyasiyalarida so- dir bo’ladigan va ular genofondining o’zgarishiga, pirovard natijada yangi turlarning paydo bo’lishiga olib kela- digan evolyusion jarayonlar majmui. M. terminini fanga rus olimi N. V. Ti- mofeev—Resovskiy (1938) kiritgan. M. tabiiy tanlanish nazoratida bo’ladigan mutasion o’zgaruvchanlik asosida kelib chiqadi. M. ham boshqa evolyusion jara- yonlar singari irsiy o’zgaruvchanlik va tabiiy tanlanish orqali amalga oshadi. M. jarayonlarning kechish xususiyatiga alo-hidalanish, hayot to’lqinlari, muta- tsiyalar, tabiiy tanlanish katta ta’sir ko’rsatadi.