Mikromanipulyator

Mikromanipulyator (mikro… va manipulyator) — maxsus asboblar- ning nozik va aniq harakatlarini mi- kroskop orqali amalga oshirishga, mas, to’qimalarda murakkab amallar (opera- tsiyalar)ni bajarishga imkon beradigan asbob. Mikroskop va shtativlardan ibo- rat. Bajariladigan amallar mikroskop orqali kuzatib turiladi. Shtativlarga mikroqurollar (igna, skalpel, re- zina so’rgich va b.) qistirib qo’yiladi. Shtativlar o’zaro perpendikulyar uch tekislikda harakatlanishi mumkin. Mikroqurollarning harakaglanuvchi uch- lari amallar bajariladigan va ob’ekt- lar joylashtiriladigan kameraga kirib turadi. M. pnevmatik (havoli), gidrav- lik (moyli), mexanik yoki elektr usullar- da boshqariladi. Hozir ishlatilayotgan M. modellarida televizion, elektron va b. moslamalar ham qo’llanadi.