Mikroneziya

Mikroneziya — Okeaniyadagi bir guruh mayda orollar, tinch okeanning g’arbiy qismida. 1500 dan ortiq Orol- dan iborat. Eng yirik orollar guruhi: Mariana, Karolina, Marshall, Gilbert, Panaba, Nauru va b. Mayd. 2,6 ming km2. Kelib chiqishiga ko’ra, Mar-jon va vul- Kan orollar. Eng baland joyi 965 m (Mariana o.larida). Doim yashil tropic o’rmonlar va butazorlar b-n krplangan. Kokos plantasiyalari bor. Aholisi tro- pik dehqonchilik va baliq ovlash b-n shug’ullanadi. 17-19-a.larda M. (Karolina, Mar- shall va Mariana o.lari) Ispaniya mu- stamlakasi bo’lgan. 1885 y.da Germaniya Marshall o.larini Ispaniyadan tortib olgan, 1898 y.da esa Karolina va Ma- Riana o.larini sotib oldi. 1914 y.da orollarni yaponlar bosib oldilar, 1920 y.da esa Millatlar Ligasidan Yaponiya ularni boshqarishga mandat oddi. 1945 y.da orollar AQSh qo’l ostiga o’tdi. 1947 y.dan boshlab BMT qaroriga ko’ra, M. AQSh tomonidan boshqariladigan BMT vasiyligidagi hudud maqomini oldi (va- siylikdagi tinch okean o.lari hududi). 1970-y.lar oxiri — 80-y.larda M.ning vasiylikdagi turli qismlari b-n AQSh o’rtasida AQSh b-n «erkin uyushganlik» to’g’risidagi bitim imzolandi. M. 4 ta davlat tuzilishiga ega: Mikroneziya Fe- derativ Shtatlari, Marshall orollari Respublikasi, Palau Respublikasi va Shim. Mariana orollari ham-do’stligi. M. orollarida, shuningdek, qisman na- uru va Kiribati davlatlari ham joy- lashgan.