Miksobakteriyalar

Miksobakteriyalar (Myxobacterales) — grammanfiy bakteriyalar tar- tibi. Sirpanib harakatlanadi, me-Vali tana va miksosporalar hosil qiladi. Vegetativ hujayralari tayoqchasimon (uz. 0,7—1,0—3,0—6,0 mkm), ko’ndalang bo’linib ko’payadi. Mevali tana hosil bo’lishida hujayralar birga to’planadi; ba’zan shaklini o’zgartiryb, suvsiz- likka chidamli mikro-sporalar hosil qiladi. Sporalar unib chiqib, vegetative hujayraga asos soladi. Mevali tanasi- ning o’lchami, shakli va rangi sistematik ahamiyatga ega. M. — aerob. Ularning ekologik ahamiyati gidrolitik Fer- mentlar hosil qilishi b-n belgilanadi. Oziq moddalarga bo’lgan talabiga ko’ra, M. bakteriolitik va tsellyulozalitik guruhlarga bo’linadi. M. hujayrasi sub- stratga bevosita ekzofermentlar ishlab chiqarmaydi, lekin parchalanadigan sub- strat b-n bevosita bog’liq bo’ladi. Bak- teriolitik M. va sirpanuvchi fleksibak- teriyalar yirtqich bakteriyalar deb ata- ladi. M. — tuproq organizmlari bo’lib, odatda, chiriyotgan o’simlik qoldiqlari va go’ngda ko’p uchraydi. Suvda deyarli uch- ramaydi.