Milisiya

Milisiya (lot. militia — qo’shin) (O’zRda) — konstitusiyaviy tuzum- ni himoya qilish, jamoat tartibi va xavfsizligini saqlashga da’vat etil- gan, fuqarolar hamda davlat mulki- ni, qonunchilikni, aholi, korxona va tashkilotlarning qonuniy huquq va man-faatlarini himoya qiluvchi, jino- yatchilik va huquqbuzarliklarga qarshi kurashuvchi ma’muriy organ. O’zR Vazir- lar Mahkamasining «ichki ishlar ido- ralarida xizmat utash tartibi haqidagi vaqtinchalik Nizom» (1993 y. 8 yanv.), O’zR Prezidentining «ichki ishlar ido- ralari faoliyatini takomillashtirish to’g’risida»gi farmoni (2001 y. 27 mart) asosida faoliyat yuritadi. M. tarixini O’rta Osiyo xonlikla- ridagi ma’muriy lavozim hisoblangan mirshablar faoliyati b-n bog’lash mum- kin. O’rta Osiyo Rossiya tomonidan is- tilo qilingach, polisiya xizmati yo’lga qo’yilgan. 1917 y. 28 okt.da, ya’ni oktyabr to’ntarishidan uch kun o’tgach, sho’rolar hukumatining vakolatiga binoan, ichki ishlar xalq komissarligi «ishchi mili- tsiyasi to’g’risida» qaror qabul qilgan. Qarorda barcha erda inqilobiy in-tizom o’rnatish va tartibni saklash uchun ishchi M.lari ta’sis etish to’g’risida ko’rsatma berilgan edi. Shundan ko’p o’tmay Turki- ston XKS ning «zaxira kadrlari yaratish va milisiya tashkil etish to’g’risida»gi buyrug’i e’lon qilindi (1918 y. 29 yanv.). Yangi M.ni tashkil etish va kadrlar ishi- ga rahbarlik qilish uchun Turkiston o’lkasi shahar va tumanlari M. inspek- tori boshqarmasi tashkil etildi (1918 y. 30 yanv.) va shundan so’ng barcha tuman, shahar hamda bo’lislarda M. idoralari vujudga kela boshladi. 1919 y. 26 iyun- da Turkiston ASSR ichki ishlar xalq komissariata «Rossiya Federasiyasi- ning Turkiston Respublikasidagi so- vet ishchidehqon milisiyasi to’g’risidagi Nizom»ni tasdiqladi. O’sha yili iyul oyida «Turkiston ASSRda jinoiy ki- diruvni tashkil etish to’g’risida Nizom» qabul qilindi. O’zbekistonda M.ning sho’rolar davridagi faoliyati qiyin va murakkab bo’lgan. Markazga butunlay bo’ysungan respublika M.si mustaqil faoliyat yurita olmas, yuqoridan beri- ladigan yo’l-yo’riq, ko’rsatmalarnigina bajarishga majbur edi. «Kommunizm qurayotgan jamiyatda jinoyatchilikka o’rin yo’q», — degan shior ostida jino- yatchilik b-n bog’liq ko’rsatkichlar sun’- iy ravishda kamaytirildi. 80-y.larda O’zbekiston M.si uchun, ayniqsa, qiyin bo’ldi. Ittifoq ichki ishlar vazirligi bu erda o’z tartibini o’rnatishga yana bir marta urinib ko’rdi. Jinoyatchilikning oldini olish b-n shug’ullanuvchi ido- ralar tarqatib yuboriddi, ko’plab M. rahbar xodimlari, tajribali kadrlar ishdan bo’shatildi. Mamlakat mustaqillikka erishgach, O’zbekiston M.sining istiklolni jino- iy xurujdan himoya qilish, yosh mustaqil davlat va uning fuqarolari xavfsizli- gini ta’minlash borasidagi mas’uliyati oshdi. Barcha xuquqni mu-hofaza qilish idoralari kabi O’zbekiston Respublika- si ichki ishlar vazirligi va uning joy- lardagi xizmatlari qayta tashkil topdi. Hoz. bu tizimga Qoraqalpog’iston Respu- blikasi ichki ishlar vazirligi, Toshkent sh. Ichki ishlar bosh boshkarmasi, vilo- yatlar ichki ishlar boshqarmalari, Trans- port ichki ishlar boshqarmasi kiradi. Temir yo’lda, suv va havo transportida transport M.si bo’linmalari mavjud; qishloqlar, shaharchalar, mavzelarda profilaktika inspektorlari, mahalla posbonlari ish olib boradi. Hoz. vak- tda O’zbekiston Respublikasi IIV ti- zimida jinoyat qidiruv va terroriz- mga qarshi kurash, tergov, post-patrul xizmati, jamoat tartibini saklash, huquqbuzarlikning oldini olish, yo’l harakati xavfsizligi, yong’in xavfsiz- ligi bosh boshqarmalari va b. boshqarma, bo’limlar mavjud. M. faoliyatining asosiy yo’nalishlaridan biri jino-yat- lar va b. jamiyatga qarshi harakatlarni to’xtatish, ochish va oldini olishdir. M. jinoyatlarni va ularni sodir etgan ki- shilarni aniqlash yuzasidan operativ qidiruv tadbirlarini amalga oshiradi, jinoiy ishlar qo’zg’aydi va shoshilinch tergov ishlari olib boradi, o’z vakolati- ga taalluqli ishlar bo’yicha esa surishti- ruv o’tkazadi, qamoqkr, oladi, ushlab tu- radi va h.k. M. jamoat joylarida tartib saqlanishini nazorat qilib boradi; ko’cha harakati va transportdan foydalanish qoidalariga rioya etilishini kuzata- Di (q. Davlat yo’l harakati xavfsizligi xizmati); pasport rejimi bajarili- shini nazorat qiladi, tergov va suddan qochib yurgan jinoyatchilarni qidiradi. M.ga, shuningdek, huquqbuzarliklardan jabrlangan va baxtsiz hodisalardan za- rar ko’rgan kishilarga yordam ko’rsatish; tabiiy ofat vaqtida odamlarni va mol- mulkni qutqarishda qatnashish, Karan- tin choralarini ko’rishga yordamlashish; tabiiy boyliklarni muhofaza qilish, baliq ovlash va ov qoidalarini buzuv- chilarga qarshi kurashish va sh.k. vazi- falar ham Yuklangan. M.ning butun ishi Qonunchilik tamoyillariga asoslangan bo’lib, O’zbekiston Respublikasining qonunlari, ijrochi-farmoyish beruvchi organlarning qaror va farmoyishla- ri rahbarlik uchun asos hisoblanadi. M. Boshqa davlat organlari b-n yaqin aloqada ishlaydi, jamoat tashkilotla- ri, mahallalarning yordami va madadiga tayanadi. Keyingi yillarda M. ishida jiddiy islohotlar o’tkazildi. Amal- ga oshirilgan islohotlarning asosiy maqsadi ichki ishlar idoralarini o’tgan asr oxirlaridan boshlab butun dunyo hamjamiyatiga xavf solayotgan terrorizm, diniy ekstremizm va giyohvand moddalar- ning O’zbekiston hududiga tarqalishiga qarshi kurash samaradorligini oshirish, bu borada boshqa davlatlarning huquqni muhofaza qilish idoralari va xalqaro tashkilotlar b-n hamkorlik qilish, Ji- noyatchilikka qarshi kurashda mahalla faollari, fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari va mahalla posboni jamoa tuzilmasidan keng foydalanishni yo’lga qo’yish, ichki ishlar idoralarining xizmat faoliyatini tashkil etishda za- monaviy kriminalistik uskunalardan, kompyuter texnologiyalari va b. yangi texnika vositalaridan samarali foy- dalanishni ta’minlash kabi bir qancha vazifalardan iborat. Ichki ishlar vazir- ligi tizimida yuqori malakali kadrlar tayyorlovchi 3 ta oliy o’quv yurti — ichki ishlar vazirligi Akademiyasi, Toshkent Oliy harbiy texnika bilim yurti, yong’in xavfsizligi oliy texnik maktablari mavjud. M. faoliyati O’zR ichki ishlar vazir- ligining nashrlari — «Postda», «na postu» gaz.lari, «Qalqon», «tshit» jur. lari, «qalqon» studiyasi tomonidan yoritiladi. Bundan tashqari, vazirlik- ka qarashli idoralar: IIV akademiyasi — «Huquq — Pravo — LAW» jur.iga, Jazoni ijro etish Bosh boshkarmasi — «Vaqt — Vremya» gaz.iga, yong’in xavfsiz – ligi Bosh boshqarmasi — «yong’in xavf- sizligi» jur.ga, yo’l harakati xavfsiz- ligi Bosh boshqarmasi — «Avtohamroh» jur.iga, Andijon vilo-yati ichki ishlar boshqarmasi (viloyat prokuraturasi b-n hamkorlikda) — «qonun yo’lida» gaz.iga, Namangan viloyati ichki ishlar boshkarma- si (vilo-yatdagi boshka huquqni muhofaza qilish idoralari b-n hamkorliqda) — «Diyonat» gaz.iga, Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi — «posbon» gaz.iga, Surxondaryo viloyati ichki ish- lar boshqarmasi — «Xalq posboni» gaz.iga, Xorazm viloyati ichki ishlar boshkarmasi (viloyat prokuraturasi b-n hamkorlikda) — «osoyishtalik uchun» gaz. iga, Qoraqalpog’iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi — «tinchlik po- sboni» gaz.iga, Toshkent sh. Ichki ishlar Bosh boshqarmasi — «ogoh» gaz. iga mu- assislik qilishadi. Alisher Sharipov.