MILLIY HISOBLAR TIZIMI

MILLIY HISOBLAR TIZIMI – mamlakat iqtisodiy rivojla- nishining xalqaro statistika ama- liyotida qabul qilingan umumlashti- ruvchi ko’rsatkichlari tizimi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida mamlakatlarning makrodarajadagi milliy mahsulotini va milliy daromadini hisoblash meto- dologiyasi. I.ch. jarayonlarining tur- li bosqichlarini va iqtisodiyotdagi eng muhim o’zaro aloqalarni aks etti- radigan hisoblamalar va balans jad- vallari to’plamidan iborat. Uning mu- him belgisi xalq xo’jaligi faoliyati yakunlarida moddiy i.ch. dan tashqari nomoddiy xizmatlar sohalarini ham aks ettirishidir. Bunday yondoshuvda butun mamlakat iqtisodiy faoliyati- ning umumlashtiruvchi tavsiflariga erishiladi. M.h.t. negizini i.ch., iste’- mol, jamg’arish va xo’jalik yurituvchi sub’ektlar o’rtasidagi Real munosa- batlar jarayonida qayta taqsimlash ta- mo-yili tashkil etadi. Bu tizim er va ka-pitalni mehnat b-n teng darajada qiymatni yaratishda qatnashuvchi omil- lar tarzida qaraydigan kontsepsiyaga asoslanadi. M.h.t.da iqtisodiy faoli- yatni umumlashtiruvchi ko’rsatkichi yalpi ichki mahsulot (YAIM) dir. Uning asosi- da qo’shilgan qiymat, ya’ni shu jarayonda iste’mol etilgan mahsulotlar va xiz- matlar qiymatiga («oraliq iste’mol» qiymatiga) qo’shilgan qiymat turadi. Milliy iqtisodiyot darajasida ichki iktisodiyot faoliyati natijalarining jamlanma hisoblamalari tuziladi: YAIM ning shakllanishi va undan foyda- lanishning jami bosqichlarini nazarda tutishga imkoniyat yaratadigan (har bir hisoblamada, bir tomondan, ko’rilayotgan ko’rsatkichni tashkil etadigan resurslar, ikkinchi tomondan — ulardan foydala- nish keltiriladi) to-varlar va xizmat- lar hisobi; i.ch. hisobi; daromadlarning hosil bo’lish hisobi; daromadlarning taqsimlanishi hisobi; daromadlardan foydalanish hisobi; kapital xarajat- lar hisobi; moliyaviy hisob. Ular tashqi iqtisodiy aloqalar hisobi, boshqa hisoblar va balanslar b-n to’ldiriladi. Bu hisoblarda kengaygan takror i.ch. ja- rayonining hamma bosqichlari aks etishi tu-fayli, yalpi ichki mahsulot hajmini uch xil: i.ch., taqsimot va pirovard foyda- lanish usullarini qo’llab aniqlash im- koniyati yaratiladi. M.h.t.da iqtisodiy faoliyatning barcha turlari foydali natija b-n tugallanadi, deb qaraladi, demak xalq xo’jaligidagi barcha mehnat xarajatlari foydali mehnatdir. M.h.t. ishlab chiqarishdan boshlanib, daro- madlarning shakllanishi, ularning taqsimlanishiga o’tadi va mavjud pul qiymati (zargarlik mahsulotlarisiz), turli qimmatbaho qog’ozlar, o’rta va qisqa muddatli zayo-mlar ko’rinishida iqtisodiyotni moliyaviy nuqtai nazar- dan ifodalash b-n yakunlanadi. Ma’- muriy buyruqbozlik tizimi davrida, makroiqtisodiyotni o’rganish va tahlil qilish uchun xalq xo’jaligi balansinit ko’rsatkichlar tizimidan foydalanil- gan. Ularning asosida A. Smit, K. Mar- ksning siyosiy iqtisod ta’limotlari: xalq xo’jaligini moddiy ne’mat ishlab chikaradigan va ishlab chiqarmaydigan sohalarga ajratish, unumli va unumsiz mehnat, ja’mi ijtimoiy mahsulot, mil- liy daromadni yaratish, uni taqsimlash va pirovard foydalanish nazariyalari yotar edi. Unda xo’jalik yurituvchi sub’- ektlar orasidan mavjud aloqalar, aholi farovonligi va turmush darajasiga baho berish, mehnatga haq to’lash, davlat byud- jeti, kredit, to’lov balansi kabi tushun- chalar va tasniflashlar etarlicha yori- tilmas edi. M.h.t. esa bu kamchiliklar- ni bartaraf etib, bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiyotni har taraflama boshqarish imkoniyatini yaratadi. Zamonaviy M.h.t.ni yaratish va uni takomillashtirishga iqtisodchi olim- lardan J.Keyns, V. Leontev, S. Kuz- nes, R. Stoun, K. Klark va b. katta hissa qo’shdilar. Butun dunyo kapitalistik davlatlar iqtisodiyotini qamrab ol- gan 1929-33 y.lardagi inqiroz dav- lat ijtimoiy bozor faoliyatini bir tomonlama, faqat kuzatib turish emas, balki uning ichki mohiyatni tahlil qilib muvofiklashtirib turishi lo- zimligini ko’rsatdi. Shundan kelib chiqib «davlatlarning aktiv iqtisodiy roli»ni bajarish uchun mamlakatlar- ning makroiqtisodiy ko’rsatkichlarini hisoblaydigan tizimni — M.h.t.ni yara- tish zaruriyati tug’ildi. Dastlabki vaqtda M.h.t. milliy daromad ko’rsatkichini hisoblashga qaratildi. 20-a.ning 30-y. larida Angliya, Avstriya, Frantsiya, Nor- vegiya, Germaniya va AQShda milliy da- romad ko’rsatkichi hisoblandi. 40-50- y.larda kapitalistik mamlakatlarda M.h.t.ni qo’llash kengaya bordi va 2-jahon urushi yakunlangandan so’ng davlatni boshqarish tizimida M.h.t.ni qo’llash za- ruriyati yanada kuchaydi. Makroiqtisodiy ko’rsatkichlar — milliy mahsulot, mil- liy daromad, iste’mol, jamg’arma (ka- pital qo’yilmalar) va h.k.lar hisoblana boshlandi. 1951 y.da Parijda Evropa iqtisodiy hamjamiyatiniig M.h.t. Stan- darti loyihasi qabul qilindi. 1953 y. BMT ning statistika bo’limi to- monidan amaliyotga tadbiq etish uchun M.h.t.ning andozasi qabul qilindi. 1968 y. BMTning statistika komissi-yasi 15 yillik tajriba asosida M.h.t.ning yangi xalqaro andozasini ishlab chiqdi va u 1993 y.ning Fev.ga qadar qo’llanildi. 1993 y. Fev.da BMT statistika ko- missiyasining navbatdagi sessiyasida M.h.t.ning yangi xalqaro andozasi qabul qilindi, undagi yangiliklardan biri si- fatida makro-iqtisodiy statistikaning ko’rsatkichlari qatoriga to’lov balan- slari, davlat byudjeti ko’rsatkichlari kiritildi. Evropa Ittifoqi 1995 y.da BMTning «M.h.t.-93» andozasi asosida «Evropa M.h.t,-95» ni qabul qildi. Barcha rivojlangan mamlakatlar o’z iqtisodiy qudrati va aholi turmush da- rajasi ko’rsatkichlarini M.h.t. yordamida hisoblaydilar. BMTning xalq-aro tash- kilotlari bunday tizimga o’tishni har tomonlama rag’batlantirmoqdalar. O’zbekiston mustaqillikka erishgach, hisob va statistikani xalqaro Andoza- larga o’tkazishta kirishdi va shu maqsadda 1994 y.da «O’zbekistonda xalqaro amali- yotda qabul qilingan hisob va statistika tizimiga o’tish davlat Das-turi» ishlab chiqildi va u bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Bu ishga O’zbekiston Re- spublikasi statistika davlat qo’mitasi rahbarlik qiladi va 1991-2002 y.lar bo’yicha i.ch, daromadlarning hosil bo’lishi, taqsimlanishi, ulardan foyda- lanish, shuningdek, kapital xarajatlar- ning umumiy hisoblamalari tuzildi. M.h.t.ni «Evropa M.H-T.— 95» metodo- logiyasi asosida O’zbekiston Respubli- kasi ning bozor munosabatlarini o’tish davri xususiyatlarini hisobga olgan hodda joriy etish b-n bog’liq ishlar amalga oshirilmoqda. Ad.: Ryabushkin B.T., Xomenko T.A., Si- stema nasionalnix schetov, M., 1993. Hamidulla Nabiev.