Milliy daromad

Milliy daromad – 1) mamla- katdagi milliy iktisodiyotning xo’jalik yurituvchi sub’ektlari tomonidan muay- Yan bir davrda (odatda bir yilda) mod- diy i. ch. tarmoqlarida yaratilgan sof mahsulot; yalpi mahsulot hajmidan uni i. ch. uchun sarflanadigan mehnat vositala- ri va buyumlarini qoplaydigan mahsulot miqsorini — qoplash fondini chegirib tashlangandan keyin qoladigan mahsulot; 2) G’arb mamlakatlari iqtisodchilari talqinida mamlakatdagi mehnat, capital va er egalarining bir yilda olgan ish haqi, foyda, foiz va renta kabi daromad- lari yig’indisi. Yil davomida yaratilgan yalpi mahsulot qiymati 2 qismdan ibo- rat: ilgari yaratilgan va sarflan- gan i. ch. vositalarining mahsulotga ko’chirilgan qiymati; yangidan yaratilgan qiymat. Yangidan yaratilgan qiymat sof mahsulotning (M. D.ning) qiymatidir. M.D. moddiy i. ch. tarmoqlaridagi korxo- nalar sof mahsulotlarining yig’indisi sifatida hisoblanadi. Ayrim tarmoq yoki korxonalarning sof mahsuloti uning yalpi mahsuloti va moddiy i. ch. sarflari o’rtasidagi farq (qoldiq) si- fatida aniqlanadi. Xizmat ko’rsatuvchi firmaning yalpi pul tushumidan xizmat ko’rsatish bo’yicha moddiy sarflar chegi- rilib, xizmat ko’rsatuvchi firmaning (korxonaning) pul shaklidagi yalpi daro- madi aniqlanadi. O’zbekiston Respublikasida M. D.ni moddiy i. ch. sohasida yaratilgan sof mahsulot sifatida hisoblash bo’yicha katta tajribalar to’plangan. Chunki yaqin o’tmishda O’zbekistonda ishlab chiqarilgan va foydalanilgan M. D. sof mahsulot sifatida hisoblangan. Bun- Day qoidaning hoz. paytda ham amal qilishi juda katta ijtimoiy-iktaso- diy ahamiyatga egadir, chunki bu usul ish- lab chiqariladigan mahsulotni, qoplash fondini va sof mahsulotni hisoblash, iste’molni va jamg’arishni optimal- lashtirish siyosatini o’tkazishga imkon beradi. Sof mahsulotning muttasil ko’payishi, o’sishi esa i. ch. sohasida va b. sohalarda band kishilar, korxonalar va tashkilotlar moddiy ta’minlanishini yanada oshiradi. Jamiyatda olinadigan ish haqi, foyda, renta, foiz kabi daromadlar yig’indisi — birlamchi pul daromadlari va ularni qayta taqsimlashlar (shu jumladan, xiz- matlar, ijara, prokat, qarz, soliq kabi- lar orqali qayta taqsimlashlar) natija- sida hosil bo’ladigan ikkilamchi va h. k. pul daromadlar yig’indisidir. Shuning uchun ham muomaladagi pul massasi ham, ish haqi, foyda, renta va foiz shaklida olingan pul daromadlari yig’indisi ham jamiyatning haqiqiy M. D. bo’la olmaydi, chunki qog’oz pullar va pul daromadlari haqiqiy, Real daromad emas, ularning mikdoriga va xarid kuchiga ko’p omillar ta’sir etadi. Har qanday mamlakatda, jamiyat- da moddiy i. ch. sohasi tarmoqlarida yaratilgan sof mahsulotlardan ibo- rat M.D.gina boshka shart-sharoitlar teng va o’zgarmas bo’lganda, butun xalq iste’molini va mamlakat iktisodiy taraqqiyotini ta’minlashning, har bir shaxs va barcha aholi Real daromadlarini oshirishning juda muhim moddiy aso- sidir. M. D. moddiy i.ch. sohasida yara- tilgan sof mahsulotnigina qamrab ola- Di. Shuning uchun ham milliy hisoblar tizimita o’tish munosabati b-n xalqaro hisobkitoblar uchun BMTning tavsiya- siga binoan, M. D. o’rniga yalpi milliy mahsulot, 1993 y.dan esa yalpi milliy daromad ko’rsatkichi qo’llanila boshladi. Ad.: Smit A., Issledovanie o pri- Rode i prichinax bogatstva narodov, M., 1962; Rikardo D., Soch. T. I. Nachala poli- ticheskoy ekonomiki i nalogovogo oblo- jeniya, M., 1955. Erlis Ashqulov.