MILLIY-MADANIY MARKAZI

MILLIY-MADANIY MARKAZI — O’zbekistonda yashovchi muayyan bir millat vakillarining milliy ma- Daniy ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiluvchi jamoat tashkilotlari. M.m.m. O’zbekiston Respublikasi Konstitusi- yasi va O’zbekiston Respublikasining jamoat tashkilotlari to’g’risidagi amal- dagi qonunlariga hamda o’z nizomiga asoslangan holda faoliyat ko’rsatadi. M.m.m. muayyan millatgaxos bo’lgan mil- liy madaniyat, til, urf-odat, an’-ana va taomillarni o’rganish, saqlab qolish va rivojlantirishdan manfa-atdor bo’lgan O’zbekiston fuqarolarini ixtiyoriy ra- vishda birlashtiradi. O’zbekiston Re- spublikasining «nodavlat va notijo- rat tashkilotlar to’g’risida»gi qonuni (1999y. 14 apr.)ga asoslangan holda tuziladi. Nizomi tegishli Adliya tash- kilotlari (Adliya vazirligi yoki viloyat va shahar Adliya idoralari) tomonidan ro’yxatga olinadi. O’z faoliyatini be- vosita yoki jamoalardagi bo’limlari orqali O’zbekiston Respublikasi qududida amalga oshiradi. Dastlabki M.m.m.lar koreyslar, qozoqlar, yahudiylar, armanlar tomoni- dan respublika viloyatlarida 1989 y.da tuzildi. Bu markazlarning chinakam ri- vojlanishi va ravnaq topishi O’zbekiston mustaqillikka erishganidan keyin bosh- landi. O’zbekiston mustaqilligi muno- sabati b-n ularning samarali faoliyat kursatishi uchun keng imkoniyatlar yara- tildi. Natijada M.m.m. soni yil sayin ortib bordi. Agar 1992 y. 10 ta M.m.m. ish olib borgan bo’lsa, 1995 y.da ular- ning soni 72 taga, 2003 y.ga kelib esa 135 taga etdi. Ular respublika madaniy markazlari, viloyat, shahar, tuman mada- niy markazlaridan iborat (ro’yxatga q.). O’zbekiston Respublikasida yashov- chi turli millat vakillarini Respu- blika ijtimoiy, ma’naviyma’rifiy hayotida faol ishtirok etishini ta’- minlash M.m.m. faoliyatining muhim yo’nalishlaridan biridir. Shuningdek, xorijiy mamlakatlardagi turdosh tash- kilotlar hamda tarixiy vatanlari b-n do’stlik, hamkorlik, madaniy-ma’ri- fiy aloqalar o’rnatish va Hamdo’stlik aloqalarini rivojlantirish, Respubli- ka baynalmilal madaniyat markazi, man- faatdor vazirliklar, idoralar, davlat va jamoat tashkilotlari hamda ijodiy uyushmalar b-n hamkorlikda mamlakati- mizda fuqarolar hamjihatligi va mil- latlararo totuvlikni mu-stahkamlashga ko’maklashish markazning asosiy vazi- falari bo’lib hisoblanadi. Nizomda belgilangan maqsad va vazi-falarga erishishda markazlar kuyidagi faoliyat turlarini amalga oshiradi: musika va te- ATR studiyalarini, ona tili, tarix, yozuv, adabiyot, xalq og’zaki ijodi, teatr va ras- somchilik san’-ati, milliy urf-odatlar va hunarmandchilik, milliy sport va o’yinlar turlarini o’rganish bo’yicha o’quv guruhlari va yakshanba maktablarini amaldagi qonunchilikka muvofiq tuzadi; milliy madaniyat, milliy til; milliy san’at turlari va milliy urf-odatlarni o’rganish va targ’ib qilish maqsadlarida seminarlar, konferen-tsiyalar, davra suhbatlari, festivallar va uchrashuvlar- ni; xor va badiiy jamoalarni tashkil etadi. M.m.m. faoliyatini Uzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992 y. 13 yanv. qarori b-n tashkil etil- gan Respublika baynalmilal madaniyat markazi muvofiklashtiradi.