Milliy iqtisodiyot

Milliy iqtisodiyot – ijti- moiy iqtisodiyotning mavjudlik shakli; mamlakat, davlat qududida yashovchi mil- lat (xalqlar)ning tarixan shakllangan yoki tubdan yangilanayotgan, o’zgarayotgan va rivojlanayotgan mulkiy va b. ijtimoiy- iqtisodiy munosabatlari, ular b-n shartlangan, mahalliy xususiyatlarga ham ega bo’lgan iqtisodiy faoliyat sohalari, tarmoqlari, tashkilotlari, korxonalari, hududlari va mintaqalari sistemasi. Imkon darajasida tashqi bozor ta’si- ridan xoli bo’lgan milliy xo’jalik si- stemasi. M.i. kapitalizmning vujudga kelishi va qaror topishi b-n bog’liq bo’lib, eng avvalo, Angliyada shakllan- Di. Hoz. paytda M.i.ning kapitalistik, sosi-alistik, postsosialistik va kam rivojlangan mamlakatlardagi kapita- listik yo’nalishli kabi turlari ma’lum. Shu b-n birga har bir muayyan turdagi iqtisodiyotining o’z milliy modella- ri va shakllari bor. Mas, kapitalistik M.i.ning amerikacha, evropacha va yaponcha turlari, milliy modellari va ularning «aralash iqtisodiyot» deb atalayotgan zamonaviy shakli bor (q. Iqpgisodiy taraqqiyot modeli). Rivojlangan mamla- katlardagi «aralash iqtisodiyot» xusu- siy va davlat kapitallariga asoslangan hamda bozor va davlat tomonidan tarti- blanadigan, boshqariladigan, umumdemo- kratik tamoyillar xam karor topa bora- yotgan kapitalistik M.i.dir (q. Davlat kapitalizmi). Zamonaviy sosialistik M.i. Xitoy, Vetnam va Kubada mavjud bo’lib, unga eng muhim tarmoqlarda sosialistik dav- lat mulkini va korxonalarini saqlab qolgan holda, xususiy mulkchilikka, to- Varli-pulli xo’jaliklarga va bozor mu- nosabatlariga keng yo’l ochilmoqda (q. Davlat sosializmi). Sharqiy Evropa mamlakatlarida va SSSRda o’ta markazlashgan ma’muriy- davlat sosializmi inqirozga uchrab, parchalanishi natijasida vujudga kel- gan yangi mustaqil davlatlarda (Pol- sha, Rossiya va b.da) postsosialistik M.i.ga aylanmoqda. Boshqa ba’zi post- sosialistik mamlakatlarda, jumladan, O’zbekistonda o’ziga xos demokratik, bozorga asoslangan umumdemokratik M.i. shakllantirilmoqda. O’zbekiston mustaqilligining dastlabki o’n yili- da mamlakatda umummilliy va xususiy mulkchilikka asoslangan ko’p ukladli M.i. — xilma-xil xususiy va davlat xo’jaliklari sistemasi shakllandi. Unda xususiy sektor ustuvor o’ringa, aso- siy mavqega ega bo’ldi. Xo’jalik yurituv- chi sub’ektlarning mutlaq ko’pchiligini yakka shaxsiy, guruhiy, shirkat, jamoa, aktsiyali korxonalar, fermer va dehqon xo’jaliklari tashkil etadi; ularning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi uchdan ikki qismdan oshib ketdi va tobora o’smoqda. Milliy ehtiyojlarni yaxshiroq qondirish zarurati iqtisodiy resurslar- dan samarali foydalanishni, tovarlar va xizmatlarning ijtimoiy zarur MAK- simal hajmlariga erishishni taqozo eta- Di. Ayniqsa, ijtimoiy zarur mahsulot (tovar) i.ch., uni zarur mik,dorlarda va sifatlarda, tabiatni asrab-avaylab, ekologiyani yaxshilab i.ch. har qanday M.i.ning asosiy krnunidir. M.i.ning ishlab chiqarish va no-ishlab chiqarish sohalari o’rtasida maqsadga muvofiq nisbati ta’minlanishining, ishlab chiqariladigan mahsulotlarning va ko’rsatiladigan xizmatlarning mumkin qadar ijtimoiy zarur yuqori hajmlarda bo’lishining muhim sharti fantexnika taraqqiyotini tezlashtirish, zamonaviy va samarali texnologiyalarni qo’llash, kadrlar tayyorlash sifatini oshirish, ishlashni xoxlovchi barcha mehnatga Qobil kishilarning ish b-n ta’minlanishiga erishishdir. Birinchi navbatda, moddiy i.ch. sohasini intensiv rivojlanti- rish, mahsulot hajmini, ayniqsa, sof mahsulot hajmini sarf-xarajatlarning va aholining o’sishiga nisbatan tezroq o’stirish M.i. va iqtisodiy taraqqiyot mu- ammolarini hal etishning, uni uzluksiz yuksaltirishning bosh yo’lidir. Bundan tashqari M.i.ning sanoat, q. x., qurilish, transport, aloqa va b. tarmoqlari ichida hamda shu tarmoqlar o’rtasida barqaror, o’suvchan tarkibiy o’zgarishlar va maqsadga muvofiq nisbatlar, mutanosi- bliklar bo’lishi muhimdir. Fuqaroviy va harbiy i.ch.lar nisbati ham to’g’ri, me- ‘yorida bo’lishi kerak. Ishlab chikarilayo- tgan tovarlarning va ko’rsatilayotgan xiz- matlarning asosiy qismi, birinchi na- vbatda, ichki bozor talab-ehtiyojlarini qondirishga yo’naltirilishi, eng avvalo ichki bozorni sifatli va arzon milliy tovarlar b-n to’yin-tirish (to’ldirish) maqsadga muvofiqtsir. Shu b-n birga tashqi iqtisodiy aloqalarni har tomon- Lama kengaytirish, jahon iqtisodiyotiga tobora qo’shilib borish, uning imkoniyat- laridan samarali foydalanish ob’ektiv zaruratdir, xo’jalik yurituvchi sub’ekt- larga, aholiga soliq yukini engillatish, davlat byudjetini va undan qilinadigan sarf-xarajatlarni optimallashtirish, inflyasiyani jilovlash kabilar M.i.ning rivojlanishiga jidtsiy va ijobiy ta’- sir etadi. Ad.: Karimov I. A., O’zbekiston — bozor munosabatlariga o’tishning o’ziga xos yo’li, T., 1993; Makkonnel K.R., Bryu S . L ., Ekonomiks: printsipi, problem i politika. V 2 t. Per.s angl. t. 1., 1993; Tux liev N.T., Taksanov A., Nasional- Naya Ekonomicheskaya model Uzbekistana, T., 2000. Erlis Alqulov.