Mingboshi

Mingboshi-harbiy va ma’muriy unvon. Qo’qon xonligida xondan keyingi mansab. Asosan harbiy ishlar bilan shug’ullangan. Xiva xonligida mingboshilik eng kichik amal hisoblangan. O’rta Osiyo chor Rossiyasi tomonidan istilo etilgunga qadar Toshkent, Oqmachit kabi shaharlarning hokimlari ham mingboshi deb atalgan. Chor Rossiyasi mustamlakasi yillarida Toshkent dahalarining boshliqlari ham mingboshi deyilgan. Daha mingboshisi aholi tomonidan saylanib, viloyat begi tarafidan tasdiqlangan. Keyinchalik mingboshi oldi-sotdi ishlarini nazorat qiladigan mansabga aylanib qolgan.