Mingoyoqlar deb 800 ga yaqin turni o’z ichiga olgan bo’g’imli mavjudotlarning katta guruhini aytishadi. Ular dunyo bo’ylab tarqalgan. Mingoyoq zohiran uzun chuvalchangga o’xshaydi. Tanasi, odatda, 100 bo’g’imdan tashkil topadi. Ammo bundan ko’p bo’g’imlilari ham uchraydi. Bo’g’imlarning har ikki tomonida bir juftdan tirnoqli oyoqlari joylashgan. Mingoyoqlarning boshi ham ajib tuzilgan: unda uzun mo’ylovlari, kuchli jag’lari va ikkita chaqadigan qisgichi o’rnashgan. Mana shu qisqichlari bilan ular qurboniga zahar sochishi mumkin. Rossiyada juftlashgan ko’poyoqlilar guruhiga kiruvchi mingoyoqlar ko’proq tarqalgan. Ular o’rmonlardagi xazon va moxlar qatlami orasida yashaydi. Juftlashgan ko’poyoqlilar gavdasi yumaloq, mayda pushti chuvalchanglarga o’xshaydi. Qoramtir ko’zlari boshida joylashgan. Juftlashgan ko’poyoqlining og’zi tishli kuchli jag’dan iborat. U oyog’ida joylashgan teshiklar yordamida nafas oladi. Xavf tug’ilgan chog’da juftlashgan ko’poyoqli badbo’yli zahar ajratib chiqaradi. Agar juftlashgan ko’poyoqli qarorgohidan olib chiqarilsa, u darhol o’ralib oladi. Himoyalanishning bu usuli mingoyoqlarning hammasiga xos xususiyat. Uning uzunligi odatda 1 santimetrdan oshmaydi. Tropik mamlakatlarda uzunroq, 20-30 santimetr chiqadiganlari ham uchraydi. Mingoyoqlarning hammasi asosan o’simliklar, shuningdek, o’lgan hasharotlar bilan oziqlanadi.
Baliqchilik nimani anglatishini bilasizmi
Baliqchi nimani anglatishini bilasizmi
Baliq uni nimani anglatishini bilasizmi
Baliqko’z nimani anglatishini bilasizmi
Baliq nimani anglatishini bilasizmi
Balans nimani anglatishini bilasizmi
Bakterioz nimani anglatishini bilasizmi
Bakteriolog nimani anglatishini bilasizmi
Bakteriya nimani anglatishini bilasizmi

