Minora
Minora-baland inshoot. Asosan masjid va madrasalar yonida yoki ularga tutash qurilgan. Muazzin minoraga chiqib, uning eng yuqori qismi – mezanadan azon aytadi, ya’ni namozxonlarni namozga chaqiradi. Minoralardan soqchixona sifatida ham foydalanilgan. Jarqo’rg’on minorasi, Vobkent minorasi shular jumlasidandir.