Minorka

Minorka — serpusht tovuq zoti. Ispaniyada (Minorka orolida) yetishtirilgan. Sovuqqa chidamsiz. Toji bargsimon, katta. Oyoqlari kulrangchipor. 5-5,5 oyligida tuxumga kiradi, yiliga 150-180 tuxum qiladi. Tuxumi 60–65 gramm. Ko’pgina mamlakatlarda, shu jumladan, O’zbekistonda havaskor parrandachilar boqadi.