Mira

Mira (lotincha mira — ajoyib) — Kit yulduz turkumida kuzatilgan birinchi o’zgaruvchan yulduz. 1596 yilda nemis astronomi Fabrisius aniqlagan. Ravshanligi o’rtacha 331,5 sutkalik davr bilan 2,0 dan 10,1 yulduz kattaligi orasida o’zgarib turadi. Miraning diametri taxminan 500 million kilometr, Quyoshdan uzoqligi 77 parsek.