Mirzaev Saidali Tursunovich

Mirzaev Saidali Tursunovich (1939.22.7, Samarqand) — ganchkor, uz- bekiston xalq ustasi (2000). Samarqand arxitektura-qurilish in-tini tugatgan (1977). 1958 y.da ganchkor usta Ibrohim Shermuhamedovga shogird tushgan; ustozi b-n Shoqizinda maj-muasi, Bibixonim maejidi, Amir Temur maqbarasi, til- lakori, Ulug’bek, Sherdor madrasalari va b. me’moriy obidalarni ta’mirlash- da ishtirok etgan. 1967 y.dan mustaqil usta, 1976 y.dan Samarqand sh. 37kasb- hunar texnika bilim yurtida ganch o’ymakorligidan dare bera boshladi. M. Islom me’morligining gumbaz san’atida qo’llaniladigan muqarnas kabi o’ta mu- rakkab shaklini tiklash va yangi turlari- ni yaratishda ijodiy yutuklarga erishdi. Hamid Olimjon nomidagi musiqali drama teatri, SamTI, Samarqand ar- xitektura-qurilish in-ti binolarining ichki va tashqi bezaklari (naqqoshlik, ganchkorlik, koshinkorlik ishlari)ni mustaqil usta sifatida yuksak badiiy saviyada bajardi. Imom Buxoriy Yodgor- lik majmui, Sherdor madrasa gumbazi- dagi bajarilgan ishlar ustaning yuksak mahoratini namo-yish etadi.