Mirzo g’olib

Mirzo g’olib, Mirzo Asadulla- xon g’olib [1797.27.12, Akbar-obod (hoz. Agra) — 1869.15.2, Dexli] — shoir, fay- lasuf, tarixchi, lug’atshu-nos olim. Asli samarqandlik. Buvasi Mirzo Qo’qonbek Xon 1748-49 y.larda Samarqanddan Hindistonga keladi va Lohurda lashkar- boshi etib tayinlanadi. Otasi Abdulla- bek Xon Lakxnau, Haydarobod va Alvar- da yollanma harbiy askar bo’lib xizmat qilgan. 15 yoshida Asad va g’olib taxal- luslarida she’rlar yoza boshlagan shoir keyinchalik Dehliga ko’chib ketadi. Bu erda fors shoirlari asarlari b-n tani- shadi, ayniqsa, Bedil she’riyatiga ko’ngil bog’laydi. 1817 y. u yana Agraga qaytadi. M.F. 2 qismdan iborat «Partaviston» («Nuriston»), «mehri Nimro’z» («peshin quyoshi», 1885) nomli tarixiy asarlar muallifi. M.F. Bahodir Shoh Zafar sa- royida solnomachi unvoniga ega bo’lgach, unga Temuriylar sulolasi tarixini yozish ishi topshiriladi. «Mehri Nimro’z» ki- tobi ayni shu maqsadda yozila boshlagan. M.F. uning faqat 1kitobini yozib tugat- gan. Bu asar Humoyun hukmronligi dav- rigacha bo’lgan voqealarni o’z ichiga ol- gan. M.G’.ning «kulliyoti nazmi forsi» («Forscha she’rlar to’plami»), «sabad- chin» («guldasta») she’riy to’plamlari badiiy ijodning g’azal, qasida, masna- viy, ruboiy, tarkibband va tarji’band kabi janrlaridan tashkil topgan. M.G’.ning urdu devoni — «Devoni G’olib» (1841) asari mashhur. 1800 bayt- dan iborat bu she’riy majmua urdu ti- lida 100 marta nashr etilgan. Fors tili- da yozilgan «kulliyoti g’olib» asari ham bor. «Udi hindiy» («Hindning xushbo’y novdasi») va «Urduye muallo» («Oliy urdu») kabi asarlari M.G’.ning do’stlari, zamondosh shoirlar va b. tanishlariga yo’llagan maktublarini o’z ichiga olgan. M.G’. tilshunoslik va lug’atchilikda ham katta yutuklarga erishdi. Uning «Teg’i tez» («o’tkir tog'»), «latoyifi g’aybi» («maxfiy latifalar»), «savo- loti Abdulkarim» («Abdulkarim sa- vollari») kabi asarlarida fors va Arab tili lug’atlari, umuman, lug’atchilikning mohiyati haqidagi fikrlar bayon etilgan. M.G’.ning diqqatga sazovor asarlaridan yana biri — «Panj ohang» («besh ohang») bo’lib, u 5 qismdan iborat. lqismida noma yozishning tartib va usullari, 2qismda lug’atchilik haqida so’z boradi. Asarning 3qismida nomalarda she’riy parchalar- dan foydalanish haqida yozilgan. 4qism M.G’.ning boshqa shoir va adiblar asarla- riga yozgan taqriz va debochalaridan ibo- rat. So’nggi kiem esa shoirning 1826-52 y.lar mobaynida o’z do’stlari — davrning peshqadam shoir va mutafakkirlariga yoz- gan maktublaridir. Urdu adabiyotining rivojida M.G’.ning hissasi katta. U g’azalni faqat nozik tuyg’ularni emas, iqtisodiy- falsafiy va siyosiy fikrlarni ham ifodalash vositasi deb bildi. Shoir sufiylikdagi mistisizmga qarshi ilg’or g’oyalarni ilgari surdi. M.G’. inson — mutlaq haqiqatning in’ikosi, degan falsafiy kontsepsiyada turdi. U inson boshqa jonli mavjudotlardan ishonch, istak va qobiliyatga ega bo’lganligi b-n farq qilishini ta’kidlaydi. M.G’. Dehlidagi Nizomiddin Avliyo qabristoniga dafn etilgan. She’rlar to’plami (Rahmonberdi Muhammadjo- Nov, yong’in Mirzo tarjimasi), g’azallari (Shoislom Shomuhamedov tarjimasi) o’zbek tilida nashr etilgan. Tosh-kent sh.dagi ko’cha, mahalla, maejid M. G’. no- miga qo’yilgan. As: Shaydo, 1965; G’azallar, T., 1975. Muhayyo Abdurahmonova.